Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Asarlari Abu Lays Samarqandiydan barakali ilmiy meros qoldi. Ilm-fan, adab borasida ko‘plab kitoblar tasnif etdilar. Fiqh, usuli din, tib va falsafa ilmlarida shuhrat va martaba qozondilar. 1. “Bahrul-ulum” (Ilm ummoni) Qur’oni karim tafsiri bo‘lib, “Tafsirul-Qur’on”, ham deyiladi. 2. “Xizonatul-fiqh” (Huquqshunoslik xazinasi) Islom fiqh ilmi sohasiga oid bo‘lib, bu boradagi ko‘plab asarlarning eng mashhuridir. Asar tadqiq etilib, jahon miqyosida nashr qilingan. 3. “Bo‘stonul-orifiyn” (Oriflar bo‘stoni) ma’rifat, ilohiyot, zuhd, taqvo va faqr bobida bo‘lib, shu sohadagi asarlarning mashhurlaridandir. 4. “Tanbehul-g‘ofiliyn” -- eng ta’sirchan, mo‘’tabar asarlaridan bo‘lib, oxirat saodatining yo‘li, taqvo darsligidir. 5. “Qirrotul-’uyun va mufrihu qalbul-mahzun” (Ko‘zlar quvonchi va mahzun qalb farahi). 6. “‘uyunul-masoil” (Masalalar bulog‘i). Hindistonda nashr etilgan. 7. “Muqoddimatu Abu Lays fis-solat”. Misradagi “Dorul-kutub” matbaasida saqlanadi. 8. “Fatovoi Abu Lays”. Fatvo kitoblaridan. 9. “An-navozilu fil-fatovo”. Fatvo kitoblaridan, Misrda “Dorul-kutub”da saqlanadi. 10. “Al-mabsut”. 11. “Sharhu jomi’us-sag‘iyr”. 12. “Umdatul aqoid”. Aqidaga doir kitoblardan. 13. “Usulud-din”. Din ilmi asarlaridan. 14. “Bayonu aqidatil usul”. Usuli din va e’tiqod kitobi. 15. “Asrorul-vahy”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 388 16. “Risolatu fil-mag‘firati val-iyman”. 17. “Risolatu fil-hukm”. 18. “Shir’atul-Islom”. Yana boshqa kitoblari bo‘lib, ba’zilari ikki-uch xil nom bilan ataladi. Faqihning “Tanbehul-g‘ofiliyn” kitobini tadqiq etib, Misrda nashr qildirgan allomaSaid Arabiy u zotning ismi, nasabi va kitob yozishdagi komil uslubini ta’riflab, bunday deydi: “Musannif har bobda so‘zni Qur’ondan bir necha oyatlar keltirib, mubhamlarini tushuntirish bilan boshlaydi. Keyin uni payg‘ambar hadislari va salaflarning so‘zlari bilan quvvatlaydi. Bularning hammasiga munosib ta’liqlar keltiradi”. Turli davr insonlari hamisha dalil va hujjatga muhtoj bo‘ladi. Bu jihatdan faqihning uslubi eng mumtoz uslubdir. Kitobning o‘ta ta’sirchanlik xususiyatini qayd etdik. Darhaqiqat, bu kitob g‘ofillarni, ya’ni e’tiborsizlarni, bexabarlarni, uyqudagilarni uyg‘otuvchi, oxirat manzaralaridan ogoh etuvchi, aqlga xitoblar qilguvchi mav’izalar kitobidir. Hazrati Payg‘ambarimiz bir hadisi shariflarida: “Insonlar uyqudadirlar, o‘lganda uyg‘ongaylar”, desalar, yana bir hadisda: “O‘lmasdan oldin o‘ling!” deb buyurganlar. O‘lmasdan oldin o‘lmoq, o‘lmasdan oldin uyg‘onmoq deganidir! Ilohiy haqiqatlarni, oxirat hayotini o‘lmay turib bilmoq deganidir. Bu ish robitai mavt – o‘limni tafakkur qilish, qalbning uyg‘oqligi va tirikligi esa, zikr etish bilan bo‘lgaydir. Xullas, bu kitob tafakkurga da’vat va xitob kitobidir! Toshkent Islom oliy ma’hadi talabasi sifatida Qohirada o‘qib yurgan kezlarimda asarga muhabbatim tushgan va buyuk vatandoshimizning buyuk asarini o‘zbek tiliga o‘girib, xalqimizni bahramand etish istagi tug‘ilgan edi. Bu ishni amalga oshirishda qo‘llab- quvvatlagan barcha ustoz va birodarlarga rahmatlar aytaman. Shuningdek, kitobning nashr etilishiga katta yordam ko‘rsatgan «Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati» assambleyasi «Mutarjim» sho‘’ba korxonasiga minnatdorlik bildiraman. Nashrning izoh va ta’liqlari tarjimada saqlanib, kitob oxiriga ilova etildi. Kitobning qolgan qismlarini nashrga tayyorlash ishlari davom etmoqda. O‘qiganlarning qalblari nurlangay, o‘rganganlariga amal qilib, imonlarining nuri ziyoda bo‘lgay! Biz faqirlarni ham duoda yo‘qlagaylar!.. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh Tarjimon Onlineda o’qish: http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=258.0 Internet uchun tayyorlaganlar: Laylo, Muslimaxon, Munira xonim. www.ziyouz.com 2007 Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling