Ertasi kuni ertalab, Kozim itini topolmay, rosa yig‘ladi, bog‘chaga bormayman, deb uydagilarni
qo‘rqitdi. Dadasining, bilmay qolibmiz, kechasi eshik ochiq qolib, chiqib ketibdi, deganiga ham quloq
solmadi, hech qanday o‘yinchoqqa rozi bo‘lmadi. Nihoyat oyisi, yangi koptokdek kichkina kuchukning
bolasini olib kelib berishni va’da qildi. Shundagina Kozim yig‘idan tindi.
4
Ko‘ktoy suv tagida bo‘kib, battar og‘irlashgan qopdagi tosh bilan oldinma-ketin dumalab borardi.