Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
2
ham «azizim» deyayotganday tuyuladi. Ko‘pchilik adiblarga xos odat — yomon odamni bulg‘ab 
tashlash O’lmas aka ijodi uchun yot narsa. Yozuvchi yomon odamga la’nat yog‘dirmaydi, nafratini 
bayon qilavermaydi, balki yomonlikning oxir-oqibatini ko‘rsatib qo‘ya qoladi. Yozuvchining bunday 
satrlarini o‘qigan odam hayotdan bezmaydi, balki yaxshilikka umid qilib yashamoq lozim ekan, degan 
haqiqatni anglab yetadi. 
Adabiyotda turli yo‘nalishlar mavjud. Ba’zilar badiiy asar hayotning beshafqatligini quyuq 
bo‘yoqlarda tasvir etmoq kerak, toki o‘quvchi o‘zini bu ko‘rguliklarga tayyorlasin, noxushliklarga 
duch kelganda dovdirab qolmasin, deyishadi va shu yo‘sinda yozishadi. Oqibatda hayotga muhabbat 
o‘rniga nafrat uyg‘otib qo‘yishadi. Shu o‘rinda adabiyot o‘zining asosiy vazifasidan chekinadi. Ammo 
hayotga nisbatan nafrat uyg‘otmaslikni quruq maddohlik qilmoqlik shart, deb tushunmaslik joiz. 
(Adabiyot tarixida bunday hollar ham bo‘lgan. Konfliktsizlik, ya’ni «ziddiyatsizlik nazariyasi» degan 
zamonlar, shu nazariya asosida yaratilib, yaralgani hamon o‘limga hukm bo‘lgan asarlar hali 
ko‘pchilikning yodida. «Sovet jamiyatida ziddiyat, qarama-qarshilik yo‘q», bu jamiyatda barcha ozod
baxtiyor, hammayoq obod», degan yolg‘onni haqiqat bayrog‘i sifatida taqdim etish uzoq yashamadi). 
Yana bir yo‘nalish tarafdorlari «adabiyotda eng muhimi — jiddiy gap aytish, dolzarb muammoni 
kun tartibiga qo‘yish» degan talab bilan yashadi. Oqibatda adabiy asar qahramonlarining oyoqlari 
yerdan uzildi. Hayotda begona odamday yurdilar. Dolzarb muammo esa kolxoz raisi bilan partkom 
kotibining olishuvidan iborat bo‘ldi. 
Yana bir toifa hayotni tanqid qilishga ko‘proq e’tibor berish tarafdori bo‘ldi, oqibatda nasrda ham, 
nazmda ham asabiy, baqiroq asarlar vujudga keldi. 
Boshqa bir toifa esa ramziylik bilan mavhumlikni farqlamay, aralashtirib yubordi. Asarlariga 
odamlar tushunishmasa «bu yerda aqlli gap bor, kelajak avlod anglaydi» deb izoh berishdi. Shunday 
adiblardan biri «Yaldo kechasida shaftoli gulladi», deb yozibdi. «Yaldo kechasi 22 dekabrga to‘g‘ri 
keladi, bu paytda shaftoli gullamaydi-ku?» desak, «Yigitning qalbida sevgi uyg‘ondi» deyilmoqchi», 
deydi. «Buning o‘rniga sodda qilib «yigit shu qizni sevib qoldi», deya qolinsa bo‘lmasmikin?» desak, 
«Yo‘q, bu yerda aql bor, fikrlash kerak», deyishadi. 
Bu yo‘nalashlarni rad etmay, yoki pastga urmay, ularni izlanishlar samarasi deb baholash mumkin. 
Ularning qancha yashamog‘ini esa vaqt ko‘rsatadi. Balki chindan ham kelajak avlod «yigit sevdi» 
degan iborani hazm qila olmas, «shimoliy muzliklarda, aysberg cho‘qqisidagi g‘o‘za shonaladi», 
demoqlikni ma’qul ko‘rar. Lekin hozirgi avlodga, bizningcha, sodda, ravon yozilgan asarlar yoqadi. 
O’lmas Umarbekov asarlarining sevib o‘qilishi aynan shundan. 
O’lmas akaning asarlaridagi soddalik, ravonlik jiddiy masalalarni chetlab o‘tish, yoki rad etish 
evaziga emas. Ma’lum hodisalarga nisbatan tanqid yo‘q, deb ham bo‘lmaydi. Bu yerda gap bayon etish 
uslubining samimiyligida. «Yer yonganda», «Mening o‘g‘ilbola jiyanim», «Oyning oltin o‘rog‘i»ni 
eslasak, fikrimiz o‘z dalilini topgan bo‘lar. 
Sir emaski, yo‘nalishlar, aniqroq aytilsa, katta-kichik guruhlar o‘z g‘oyalari bayrog‘ini baland 
ko‘tarish maqsadida o‘zgacharoq yozadigan adiblarga tanqid ko‘zlari bilan qaradilar. Bu guruhlarning 
o‘zlarigagina xizmat qiluvchi xos maqtovchi — tanqidchilar mavjud edi. Ular o‘zlari tobe bo‘lgan 
guruhdagilarning asarlarini ko‘klarga ko‘tarishib maqtashardi, boshqalarni esa tanqid qilmoqdan 
charchashmas edi. Yoki «boshqacharoq» yozilgan asarni mensimay, indamay qo‘ya qolishardi. O’lmas 
akaning bunday guruhlari ham, maqtovchilari ham yo‘q edi. Biron yerda tanqidiy fikr paydo bo‘lib 
qolsa, «mevali daraxtga tosh otiladi», deb qo‘ya qolardilar. Tanqidga qarshi maxsus javoblar 
uyushtirish u kishining xayollariga ham kelmasdi. O’lmas akaning fikrlaricha, eng asosiy va odil 
tanqidchi — kitobxon edi. Kitob tarqaldimi, o‘qildimi, ma’qul tushdimi? Yozuvchiga yana qanday 
da’vo bo‘lishi mumkin? Axir kitob bir-ikki tanqidchi uchun emas, minglab o‘quvchilar uchun yoziladi-
ku? 
«Fotima va Zuhra» romani yozilganida O’lmas aka og‘ir xasta edilar. Shunga qaramay, 
qo‘lyozmani «Sharq yulduzi» jurnali tahririyatiga o‘zlari olib keldilar. Nashrga tayyorladik. Dastlabki 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling