Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
3
qismi e’lon qilingach, jurnalni ko‘tarib, shifoxonaga bordim. O’lmas aka gapirolmay qolgandilar, 
tomoqlaridagi maxsus teshik moslama yordamida nafas olardilar. Ammo xastalik azobini, tushkunlik 
uchqunini sira-sira sezdirmasdilar. Lablarining qimirlashidan «azizim», demoqchi ekanliklarini 
anglash mumkin edi. Asar bilan tabriklaganimdan so‘ng daftarchalariga bir nima yozib, uzatdilar: 
«Rahmat, endi asarni himoya qilasizlarmi?» Bu gapdan ajablanib: «Asar himoyaga muhtoj emas», 
dedim. Yozuv daftari yordamida ancha gaplashdik. Yozmoqchi bo‘lgan asarlaridan ham so‘z ochdilar. 
O’lim har kuni, har soat eshik qoqib turgan damda ham yozuvchi hayotga muhabbat va ishonch 
bilan yashardi. Bu kabi sabotli va irodali odamlar haqida yozilgan asarlarni jahon adabiyotida 
uchratamiz. Balki qachondir O’lmas Umarbekovninghayoti ham biron asarga asos bo‘lar... 
Men O’lmas akaning «asarni himoya qilasizlarmi?» degan tashvishlarini ko‘p o‘ylayman. O’lmas 
akaning do‘stga ham dushmanga ham samimiy munosabatda bo‘lishlari zamirida qalb og‘riqlari 
mavjud ekanini endi-endi tushunib yetganday bo‘laman. O’lmas aka hammaga birday ishonar edilar. 
Bu — yuqori maqomdagi fazilat. Ammo, ayni, choqda shaxsning ozmi-ko‘pmi fojiasi ham edi. 
Albatta, odamlarga ishonib yashagan yaxshi, biroq, bu ishonchni suiiste’mol qiladiganlar mavjud ekan, 
ehtiyotkorlikni unutmaslik kerak. O’lmas akada shu ehtiyotkorlik yo‘q edi. Bundan ezilganlari 
shubhasiz, lekin dardlarini boshqalarga sezdirmaganlar. 
Dardni ichga yutib yashamoqlikdan ko‘ra og‘irroq yumush bormikin dunyoda? 
Bir kishi donishmanddan nasihat qilmoqligini so‘radi. Donishmand unga javoban: 
— Agar xotirang juda yaxshi bo‘lsa ham, ikki narsani esdan chiqar: biri — xalq uchun qilgan 
yaxshiligingni, ikkinchisi — birovlarning senga qilgan yaxshiliklarini, — debdi. 
— Mardlik va odamiylik haqida ham bir so‘z ayting, — deb iltimos qilibdi u kishi. 
— Minnat yukiga bardosh bermoqlik — odamiyliqdir, qo‘lidan keladigan ishni boshqalardan darig‘ 
tutmasa, u mardliqdir, — debdi donishmand. 
— Mo‘‘min va musulmon bo‘lib yurmoqlik xususida ham ayting, — debdi u kishi. 
— Kishining aybini qidirmaslik — musulmonlikdan, yomon so‘zlarni gapirmaslik esa 
mo‘‘minlikdandir», — debdi donishmand. 
Bayon qilingan bu fazilatlarni men O’lmas akada ko‘rganman. 
Yetmishinchi yillar boshlarida O’lmas aka O’zbekiston radiosida, adabiy-dramatik eshittirishlar 
tahririyatida boshliq edilar. Bir kuni quvonib keldilar: yangi asarga so‘nggi nuqta qo‘yibdilar. 
Eshitganlar tabriklashdi. Bir necha soatdan so‘ng esa bu asar izsiz yo‘qoldi. Kimdir xonalariga kirib, 
O’lmas akaning portfellarini ko‘tarib chiqib ketibdi. Tasavvur qiling-a: bir necha yillik mehnat yo‘q 
bo‘ldi. Atrofdagilar tashvishlana boshlashganda ham O’lmas akaning ko‘zlaridagi muloyimlik 
o‘zgarmadi. Voqeani katta shov-shuvga aylanishiga yo‘l qo‘ymadilar. «Falonchi olgandir» degan 
gumonlarni ham rad etdilar. Buning o‘rniga yana necha tunlarni bedor o‘tkazib, asarni qaytadan 
yozdilar. 
Shularni o‘ylayman-u, «Qiyomat qarz»ni, «Shoshma, Quyosh»ni yoki «Fotima va Zuhra»ni birov 
emas, balki aynan pokiza, mard odamgina yozishi mumkin edi, degan xulosaga kelaman. 
Qalbida ozgina kir mavjud, o‘zgalardan hadiksiraydigan, o‘zgalardan yaxshiligini darig‘ tutadigan 
odam bunday asarlar yoza olmaydi, deb o‘ylayman. 
Yozuvchi O’lmas Umarbekov bilan birinchi uchrashuvim e’lon qilingan asarlari orqali ko‘p qatori 
g‘oyibona tarzda bo‘lgan edi. Ta’kid joizki, O’lmas aka dastlabki hikoyalarini elliginchi yillarning 
boshlarida yozgan edilar. Yuqorida zikr etilgan «ziddiyatsizlik nazariyasi» hali hayot chog‘ida 
adabiyotga dastlabki qadamlarini qo‘ygan yosh yozuvchi bu nazariyani qabul qilmadi. O’sha davrda 
yoki undan sal ilgariroq adabiyotga kirib kelgan bir qator yozuvchilar orasida bu nazariyadan uzilib 
chiqib keta olmaganlar ham bo‘ldi. O’lmas aka bu nazariyaning kasalligini o‘zlariga 
yuqtirmaganliklarining boisi: u kishi an’anaviylikdan, ya’ni ko‘p kishi bosib o‘tgan yo‘ldan yurishni 
yoqtirmay, o‘zlarining so‘qmoqlarini ochishga harakat qilar edilar. O’sha «Shirinsoy oqshomlari» 
deysizmi yoki «Boboyong‘oq»mi, «Hayot qo‘shig‘i»mi... barchasida uslubiy yangilikka intilish 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling