Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
6
so‘nggi nafasiga qadar qog‘ozga tushirgan asarlari turli mavzularda bo‘lsa-da, ularni nurli bir zanjir 
o‘zaro bog‘lab turadi. Bu nurzanjirning nomi — muhabbatning totli va azobli alangasi, poklik va makr 
olishuvi, mehr va hayo... Qisqa qilib aytilsa, hikoyalarni inson hayotining achchiq va shirin bodasi 
haqidagi yaxlit asar ham demoqlik mumkin. Ayni o‘rinda ma’lum bir masalaga turlicha munosabatda 
bo‘lishlik, turlicha tahlil va turlicha xulosalar chiqarishlik yozuvchining dunyoqarashi naqadar 
kengligi, mushohadasi baquvvatligini isbot etuvchi dalildir. Talabchan kitobxonning diqqatini yana bir 
nuqtaga tortishni istardik: ayrim asarlar yarim asrdan beri yashab kelyapti. Bundan keyin ham 
yashaydi. Faqat yolg‘ondan uzoq samimiy asarlargina shunday uzoq umr ko‘rishlari mumkin. 
O’lmas Umarbekovning hikoyalarida o‘z farzandiga mehri baland onalarni tez-tez uchratamiz. 
Biroq, ularni bir-birlariga o‘xshatish mumkin emas. Ularning har birlari farzandlarini o‘zlaricha 
qadrlaydilar. Solihabibi («Yer yonganda»), Sevara xola («Kuz havosi»), raisa Ma’piratning onasi 
(«Husn»)... Bularning hayotlari ham bo‘lakcha, farzandi arjumandiga mehri ham bo‘lakcha. Qizining 
oqsoqligidan ichi kuyib raisa Ma’piratning onasi «Ey Xudo! Uni shunday yaratgandan ko‘ra, ko‘zimni 
ko‘r qilsang bo‘lmasmidi?!» deb ko‘ngli vayron bo‘ladi. Qizining o‘zini ayamay ishga berilishi ham 
onani bezovta qiladi. Savri xola esa urushda bedarak ketgan o‘g‘lini har kuni kutadi. Nazarida o‘g‘li 
Berdiali qovun qo‘ltiklab eshikdan kirib kelayotganday bo‘laveradi. Urushda bedarak yo‘qolgan bir 
odam yigirma bir yilda uyiga qaytibdi, mening bolamga o‘n yetti yil bo‘libdi, deb umid qiladi. Uni bu 
dunyoda, bu hayotda shu umid ushlab turadi. «Sovg‘a»dagi Shahodat xola esa shahardan qo‘nim 
topgan o‘g‘lidan pul olganida butun qishloqqa jar solgisi keladi, faxrdan ko‘ngli yayraydi. Bemehr 
o‘g‘li xat yozmay qo‘yganida esa farzandining bu illatini yashirishga urinadi. Dardini ichiga yutadi. 
Hikoyaning yakuni esa har qanday odamning qo‘nglini vayron qilib yuboradi. 
Yozuvchi faqat o‘zbek onalariga xos fazilatlarni ilg‘ay olgan va mahorat bilan tasvirlagan. 
O’lmas akaning barcha asarlarida keksalarning ichki dunyosi alohida mahorat bilan aks ettirilgan. 
Keksalar — dunyoni tashlab ketishga tayyorlanayotgan odamlar — avlodlariga nimalarni 
qoldirishyapti? Ularning qanday armonlari bor, umidlari qanday? G’ulomqodir ota («Boboyong‘oq») 
qishloqning yangilanishiga karshi emas, ammo o‘tmishdan yodgorlik daraxtni ko‘zi qiymaydi. 
Boboyong‘oq — o‘tmish qadriyatlari timsoli. Uni kesish o‘ziga xos fojia. G’ulomqodir ota bilan nabira 
— o‘tmish va ertaning bog‘liqligini aks ettiruvchi bir timsol. Sulaymon otaning takdiriga befarq 
qaramaydigan birodarlari Xolparang bilan Hakimbek otalar («Marusya xolaning miltig‘i»), urush 
yillari tankning keskin burilishi natijasida uyining bir cheti shikastlangan ayolni qidirib borgan 
Nizomiddin aka («So‘nggi safar»), urushga ketgan Haydaralining qo‘ylarini boqib, ko‘paytirib, endi 
o‘z egasiga topshirish ilinjida yashayotgan Sarsonboy otani («Qiyomat qarz») kimning, qanday asarida 
ko‘rish mumkin? Ha, bular betakror odamlardir! Bu soddalik, bu to‘g‘rilik hamma xalqlarda ham 
aynan shundaymasdir. Shuning uchun ham o‘zga adabiyotlarda bunday obrazlarni deyarli 
uchratmaymiz. 
O’lmas akaning ijodlariga xos yana bir narsa — nomus, hayo, iffat masalalari turli obrazlar 
yordamida turlicha yechiladi. Gulchehra («Odam bo‘lish qiyin»), professor Sabohat Qodirova («Ota va 
o‘g‘il»), O’g‘iloy («Mening o‘g‘ilbola jiyanim»)ning takdirlarida nomus borasida ozgina o‘xshashlik 
borday. Biroq, ularning hayotlari, oqibat esa bir xil emas. Ularga nisbatan ota-onalarining 
munosabatlari ham turlicha. Sanobarni ota-onasi, qarindoshlari sira-sira kechirishmaydi. Holbuki, 
uning nomusi o‘zining xohishi bilan toptalmagan edi. O’g‘iloyni esa ota-onalari kechirishadi. Hatto 
erini qidirib Pokistonga borishi uchun otasi mashinasini sotib, pulini beradi. 
Bu kabi asarlarni birlashtiruvchi yana bir g‘oya — ota-ona duosini olmaslik baribir yaxshilik bilan 
tugamaydi, degan haqiqatdir. 
O’lmas akaning so‘nggi hikoyalari — yozuvchining vasiyatlari ham o‘quvchini poklikka, to‘g‘ri 
yashamoqlikka undaydi. Nopoklik oqibatidan ogohlantiradi. O’lmas aka so‘nggi nafaslarida ham 
qalamga xiyonat qilmadilar. Yuraklari to‘xtagunga qadar ham odamlarga yaxshilikni istadilar. So‘nggi 
nafasgacha odamlarni sevib yashadilar. Shu jihatdan qaraganda O’lmas aka o‘zlarini o‘qitgan, tarbiya 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling