Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
5
tashkil etdilar. Yozuvchilarga maosh ham tayin qildilar. Ammo yozuvchilar bu rag‘batga befarq 
qaraganlari sababli studiya ijobiy samara, ijodiy meva deyarli bermadi. O’zbek kinosi bilan horij kinosi 
ustalarining birgalikdagi hamkorligida ham O’lmas akaning hissalari bor. Hindiston kinochilari bilan 
birgalikda ishlangan «Alibobo va qirq qaroqchi», Yugoslaviya kinochilari bilan hamkorlik shular 
jumlasiga kiradi. 
Yozuvchilar uyushmasida ishlaganlarida ham ustoz yozuvchilarning mahorat maktablarini ochishga 
urindilar. Lekin u paytdagi baqiroq zamon ko‘p yaxshi ishlarning amalga oshuviga to‘sqinlik qildi. 
Dunyoda tasodiflar ko‘p bo‘ladi. Shulardan biri — O’lmas aka 1934 yilda, ulug‘ shoir, alloma, 
siyosiy arbob, diplomat, o‘zbek teatrining asoschisi Abdulla Avloniy vafot etgan yili tug‘ilganlar. 
Mirobod mahallasida Abdulla Avloniy asos solgan maktabda o‘qiganlar. Xuddi ustoz kabi o‘zbek 
dramaturgiyasiga xizmat qildilar. 
O’lmas akaning bolaliklari og‘ir urush yillariga, nohaqlik avjga chiqqan zamonlarga to‘g‘ri kelgan. 
Bir burda nonga muhtojlik, ayriliqlar, motamlar... bularning barchasini ko‘rdilar. 
«Fotima va Zuhra»ni o‘qiyotganimda bir necha yerda «non-qovurdoq» deb atalmish taom tilga 
olinganiga e’tiborni qaratib, u kishi bilan uchrashganimda «nonpalov»ni yaxshi ko‘rar ekansizda, a?» 
deb hazil ohangida so‘radim. «Yo‘q, — dedilar O’lmas aka, jiddiy tarzda, — urush paytida onam 
rahmatli shu taomni ko‘p pishirardilar. Kambag‘alning to‘yimli taomi edi-da, bu. Hozir bu ahvolga 
tushganimda qarasam, «qora kunimga yarab kolar», deb boylik to‘plab qo‘ymagan ekanman. O’sha 
taomni ko‘p eslayapman...» 
Chindan ham O’lmas aka boylikka ruju qo‘ymagan edilar. U kishining boyliklari — oilalari, uydagi 
kitoblari-yu, yozuv stollari, qog‘oz-qalamlari edi. Uyda ortiqcha hasham, bezak yo‘q. Ahli ayollarining 
bilaklarida tilla bilak-uzukni birov ko‘rmagan. Holbuki O’lmas aka katta boylik to‘plash imkoniga ega 
yerlarda ishlagan edilar... 
«Yer yonganda» hikoyasida ham nonqovurdoqqa duch kelamiz. Zamonning ayanchli qiyofasini bu 
qadar mahorat bilan ifodalash uchun avvalo yozuvchining o‘zi pokiza bo‘lmog‘i lozim edi. Haromdan 
hazar qiluvchi Solihabibining o‘ziga o‘t qo‘yishini asoslamoq uchun yozuvchining o‘zi avvalo 
haromdan hazar qilmog‘i shart edi. 
Solihabibi — pokizalik ramzi. Yer ham yaralishida pokiza bo‘lgan. Bag‘ridagi harom-harish 
ishlardan bezib necha bora yongan, alamlardan necha bora tars-tars yorilib ketgan ekan?! O’g‘lining 
pokligiga, begunohligiga, tuhmat bilan qamalganiga ishonib, o‘zini ham, kelini, nabirasini, 
qarindoshlarini ham ishontirib, ovutib yurgan ona berkitilgan tilla tangalarni ko‘rib, nazarida Yer 
yonganday bo‘ladi. Yer unga go‘yo xabar beradi, bag‘riga chaqiradi. Kechagina o‘zini osmoqchi 
bo‘lgan keliniga tanbeh bergan kampir bu kech o‘zining ustiga kerosin quyadi... 
O’zga chorasi yo‘q uning. Hatto Ona Yer ham chorasiz... 
Dunyoni charxpalak deydilar. Chindan ham ko‘p voqealar oradan yillar o‘tib yangi shaklda, 
ko‘rinishda takrorlanadi. Stalin davri vahshati saksoninchi yillarda O’zbekistonda qayta tirildi. 
O’rmonga o‘t ketganday bo‘lib, ho‘lu quruq baravar yondi, gunohkoru begunohlarni baravar 
qamadilar. Bu ayanchli tadbirga yozuvchilardan birinchi bo‘lib O’lmas Umarbekov munosabat 
bildirdilar. Bildirganda ham zamonni xolis tarzda tahlil qildilar. 
Yozuvchi bolaligida «xalq dushmani»ning farzandlariga, qarindoshlariga maktabda yomon 
munosabatda bo‘linganiga o‘zi guvoh edi. Shu bois ham otasi qamalgan Tursunboyning xo‘rliklarini 
ta’sirli tarzda bayon eta oldi. Stalin zamonida ham, «o‘zbeklar ishi» davrida ham oilalar haqiqatning 
tagiga yetolmay garang edilar. 
O’lmas akaning asarlari nashrdan chiqishi bilan qiziqib o‘qirdik. Asarlar, ayniqsa, hikoyalar bilan 
chiqqan vaqtida bitta-bitta tanishish boshqa-yu, to‘plangan holda o‘qib ko‘rish kishida o‘zgacha 
taassurot uyg‘otadi. Yozuvchining mahoratini, betakrorligini ayni shu to‘plam aniq-ravshan ko‘rsatib 
turadi. Yozuvchining tanlangan asarlari majmuida alohida jild tashkil etib, «Yer yonganda», deb nom 
olgan mazkur kitob ham bundan mustasno emas. Adibning yigit yoshida yozgan hikoyalaridan tortib to 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling