Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
4
mavjud edi. 
Oltmish to‘qqizinchi yilning kuz oylarida radioda ishlash havasi bilan O’lmas akaga uchrashdim. 
Matbuotda uch-to‘rt yil ishlaganim, besh-o‘n hikoya e’lon qilganim bilan O’lmas aka oldida men hech 
kim emasdim. Kelajakda qo‘limdan biron ish kelish-kelmasligi ham aniq emasdi. Shunga qaramay, 
O’lmas aka xuddi o‘z tengqurlari bilan gaplashganday suhbatlashdilar. Gaplashganda ham bozordagi 
narx-navolar emas, adabiyot muammolari bo‘yicha fikr yuritdilar. Adabiyotga, xususan ayrim 
asarlarga bo‘lgan munosabatim bilan qizikdilar. Savollar meni sinash maqsadida berilmagan edi. Gap 
maromi xuddi ikki ijodkor do‘stning suhbati kabi edi. Bundan men bir oz hijolat ham bo‘lardim. 
O’lmas aka hijolatimni sezib, yanada samimiyroq, yanada soddaroq tarzda gaplashmoqqa urinardilar. 
Bir mahal kutilmaganda: 
— Hozirgi zamon romani qanday bo‘lishi kerak? — deb so‘rab qoldilar. Hozir, yoshim ellik 
beshga yetib, hali ham roman yozmaganligim inobatga olinsa, u damda mazkur savolga tayinli javob 
bermog‘imning naqadar mushkul bo‘lganini tasavvur etmoq mumkin. O’shanda O’lmas akaning 
o‘zlari meni bu qiyin ahvoldan qutqarib, yangicha romanga munosabatlarini bildirdilar: 
— Hozir yostikday-yostikday «semiz» kitoblar yozish vaqti emas, bunaqa kitoblarni o‘qishga 
hozirgilarning toqati yetishmaydi. Endi kitobxonga ixcham, mag‘zi to‘q romanlar kerak. Tez o‘qishsin, 
ammo ko‘pgina ma’no durlarini terishsin... 
O’lmas akaning o‘shanda «Odam bo‘lish qiyin» deb nomlangan birinchi romanlarini 
yozayotganlarini keyinroq bildim. Suhbatdan bir necha oy o‘tgach, harbiy xizmatga chaqirildim. 
Xizmatimning adog‘iga yaqin do‘stim Abdujalil Zokirovdan bir kitob oldim. Qarasam, O’lmas akaning 
yangi kitoblari. O’zlari aytganday ixcham, o‘zlari aytganday, bosh ko‘tarmasdan bir zarbda o‘qib 
chiqiladigan asar, mag‘zi to‘q asar. Askar yigitlar kitobni qo‘lma-qo‘l o‘qishdi. Asar qahramonlarining 
taqdiri ularni befarq qoldirmadi. Ayniqsa Gulchehraning takdiri sevgi yoshidagi askar yigitlarning 
dilini poralab yuborgan edi. 
O’shanda O’lmas aka roman yozishlari bilan ikki tomonlama sinovga duch kelgan edilar: birinchisi 
— o‘ttiz besh yoshga kirgan adib o‘sha davr qarichi bilan o‘lchalganida «yosh yozuvchi» deb 
hisoblanardi. «Yosh yozuvchi»ning esa roman yozishi ko‘pchilikka g‘alati tuyulardi. U damda yosh 
yozuvchilarning «romanchilik dovonini» oshib o‘tmoqlari oson emasdi. Chunki roman yozgan adib 
endi yetuk ijodkorlar safiga o‘tardi. Ikkinchisi — «yosh yozuvchi» yozgan romanning hajmi kichik. 
Boshqalarniki kabi «semiz» emas. Boshqalar kabi sinalgan yo‘ldan yurmagan. 
Romandagi bayon uslubining o‘zicha ravonligi, qahramonlar ruhiyatining atroflicha tahlil 
etilganligi, hayot falsafasining teran aks ettirilishi har ikki sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishni 
ta’minlagan. 
O’lmas Umarbekovni zamonaviy o‘zbek detektiv adabiyotining asoschilaridan biri, deb atash ham 
o‘rinli. O’lmas akaning Qo‘qon teatri sahnasida qo‘yilgan birinchi sahna asarlari — «Sud», «Yoz 
yomg‘iri» qissalari zamonaviy detektiv tarzida yozilgan asarlarning dastlabkilaridan biri edi. Bu ham 
yozuvchining faqat yangilikka intilib ijod qilganiga bir dalil bo‘la oladi. 
O’lmas aka faqat ijodda emas, xizmatda ham rang-baranglikka intilar edilar. Radioda to hozirgacha 
davom etib kelayotgan «Tabassum», «Dugonalar», «Gulshan» kabi radiojurnallarning paydo bo‘lishida 
u kishining ham xizmatlari bor. O’lmas aka radioda ishlaganlarida tahririyat adabiyot darsxonasiga 
o‘xshab ketardi. Yozuvchilar, aktyorlar ko‘p kelishardi, studiyada ishlari bitgach, darrov izlariga 
qaytmay, tahririyat xonasida gurung qilishardi. 
Biron eshittirish tayyorlash lozim bo‘lganida u kishi boshliq sifatida biror xodimni huzurlariga 
chaqirtirib «falon ishni qiling», deb buyurmasdilar. Balki o‘zlari muharrirlar huzuriga chiqib, 
gurunglashib o‘tirib «shunday eshittirish qilsak qanday bo‘larkin? deb vazifa yuklanayotgan odamga 
qarab ko‘yardilar. Buyruk taklif tarzida berilibgina qolmay, maslahat, yo‘l-yo‘riq ham ko‘rsatilardi. 
«O’zbekfilm»ni boshqargan paytlarida o‘zbek kinosiga milliy ruh berishga ancha urindilar. 
Yozuvchilarni o‘zbek tilida stsenariy yozishga jalb etish maqsadida maxsus «stsenariy studiyasi» 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling