Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
umarbekov ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tohir Malik «QIYOMAT QARZ»
SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov www.ziyouz.com кутубхонаси 1 O’lmas UMARBEKOV SAYLANMA Birinchi jild Tohir Malik «QIYOMAT QARZ» «Bunchalar shirinsan, hayot!» O’lmas Umarbekovning asarlarini o‘qiy turib shunday deb hayqirging keladi. «Bunchalar beshafqatsan, hayot!» O’lmas Umarbekovning qalbida tug‘ilib, qog‘ozga ko‘chgan asarlarni o‘qib bo‘lgach, beixtiyor shunday deb yuborging keladi. «Bunchalar makkorsan, hayot!» O’lmas Umarbekovning hayot so‘qmoqlarida adashgan qahramonlari bilan tanishgach, «makr va muhabbatning ildizlari qayda ekan?» deb o‘ylay boshlaysan. Yozuvchining ellik yil muqaddam yozgan ilk hikoyasidan boshlab to so‘nggi satrlarigacha — hamma-hammasini oddiy asar emas, balki avlodlarga vasiyatnoma sifatida qabul qilmoq durust. Yozuvchi hayot haqidagi mulohazalarini o‘nlab qahramonlarining takdirini bayon qilish bahonasida o‘quvchi diqqatiga havola etgan. O’lmas Umarbekov kalamiga mansub asarlarning qahramonlari — turli fe’l-atvorga, turli taqdirga ega turli davrlarning kishilari. Lekin adibning qalbi ularni bir nurli nuqtada birlashtirib turadi. Bu qahramonlar — ezgulik izlovchilar, ezgulik istovchilar, sog‘inuvchilar, zulm yoki beshafqatlik qarshisida bo‘yin egmovchilar —_bularning barcha-barchasi yozuvchi yuragida tug‘ilgandir. Yozuvchining bu qahramonlari huddi o‘ziga o‘xshaydi, deyilsa mubolag‘a bo‘lmas. O’lmas Umarbekov hamma qatori hayotning achchiq-chuchugini totgan, xiyonatni, shafqatsizlikni, munofiqlikni ham ko‘rgan, ammo bu kabi illatlar qarshisida ojiz qolmagan, yaxshilikka ishongan, haqiqatga suyangan edi. «Odam bo‘lish qiyin», «Fotima va Zuhra» kabi romanlarni yoki «Sevgim, sevgilim», «Yoz yomg‘iri», «Jo‘ra qishloq» kabi qissalarni, yuzga yaqin hikoyalarini o‘qiymizmi yoki «Shoshma, Quyosh», «Qiyomat qarz», «Komissiya», «Kuzning birinchi kuni» singari sahna asarlarini tamosha qilamizmi, Abdulla, Gulchehra, Oypopuk, Munisxonlar, Sanobar Kamolova, hatto yoshini yashab qo‘ygan qariyalar ham hayotdan umidlarini O’zishmaydi. Ba’zan xato qiladilar, ba’zan mag‘lub bo‘ladilar, gohida g‘oliblik mayidan mast bo‘ladilar. Shunda ham yashamoq lazzatini boy bermaydilar. Ezgulikka, ozod hayotga faqat to‘g‘rilik yo‘li bilan bormoqlik mumkin — O’lmas Umarbekovning barcha asarlariga ana shunday shior munosib. Gulzorda har bir gulning isi o‘zicha bo‘lgani kabi, adabiyot olamidagi har bir adibning faqat o‘ziga xos ovozi mavjuddir. O’lmas akaning asarlarini boshqalarnikidan farqlab, ajratib olish qiyin emas. Tepasiga adibning nomlari yozib qo‘yilmasa ham bu hikoyani yoki romanni aynan O’lmas Umarbekov yozganligini zukko kitobxon darrov biladi. O’lmas aka ijodining boshqalardan farqlantirib turadigan jihati — samimiylikda ko‘rinadi. O’lmas aka hayotda samimiy bo‘lganlar, atrofidagilarga ishonganlar, odamlarni toifalarga, navlarga ajratmaganlar. U kishining eng sevgan so‘zlari — «AZIZIM» edi. O’lmas aka yoqtirmagan, g‘ashlarini keltiruvchi odamga ham «azizim» deb murojaat qilardilar. Bu xislatni asarlaridagi qahramonlariga munosabatda ham ko‘ramiz. Yozuvchi o‘zlari sevgan qahramonlarga ham, asardagi serillat odamlarga SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling