Sahna madaniyati reja: Sahna Sahna nutqi va uni rivojlantirish
Download 27.68 Kb.
|
SAHNA MADANIYATI
SAHNA MADANIYATI Reja: 1.Sahna 2.Sahna nutqi va uni rivojlantirish 3.Sahna nutqini rivojlantirish 3.San’atkorlarning sahnada o‘zini tutishi, kiyinish va muomala madaniyati 1.Sahna Sahna — 1) teatr binosining tomosha koʻrsatiladigan qismi. Birinchi teatr binolari, jumladan, Qad. Xitoy, Hindiston, Turon, Yunonistonda paydo boʻlib, asrlar davomida oʻzgarib borgan. Hozirgi teatrlar, odatda, uch qavatli qutisimon shaklda quriladi. 1-qavati S. osti (tryum)dan iborat. Oʻrta qavati tomoshabinlarga yaqqol koʻrinib, asosiy voqealar shu yerda aks ettiriladi. Bu joy "sahna oynasi" deb yuritiladi. S. maydoni (plansheti), odatda, tomosha zalidan 0,8—1,1 m baland boʻladi. S.ning asosiy chegarasi — pardadan tomosha zaliga turtib chiqqan old S. (qarang Avanssena) oldida yoki ostida orkestr yoki cholgʻuchilar joylashadi. Drama teatrlarida bu yerdan ham ayrim voqealarni koʻrsatish, qahramonlarni chohdan chiqarish yoki unga kiritib yuborish maqsadida foydalaniladi. Yuqori S oʻrta S. peshtokidan boshlanadi. Uning shipi panjaralangan boʻlib, bu yerda dekoratsiyalarni tushiribkoʻtaradigan texnik moslamalar oʻrnatilgan. S. tepasida maxsus joylarga S. ishchilari, yorituvchilarning bir qismi oʻrnashadi. S yonida yoki orqa tomonida dekoratsiyalar turadigan "S.choʻntagi" deb ataluvchi xonalar ham boʻladi. Oʻzbekiston hududidagi Xorazm, Baqtriya, Kushon, Sugʻd, Parkana davlatlarida qad. yunon teatriga oʻxshash yoki boʻlmasa shohsupa shaklida oʻrtada kurilgan tomoshagohlar boʻlganligi maʼlum. Oʻrta asrlarda sozanda, xonanda, raqs va kulgi ustalari — mashara va muqallidlar tomosha koʻrsatuvchi tarabxonalar, ayvonlar va koʻshklar paydo boʻlib, ular S vazifasini oʻtashi ham koʻzda tutilgan. 20-asrga kelib, zamonaviy shakldagi oʻzbek teatri uchun qishki va yozgi teatr binolari qurildi. Astasekin S.ning texnik jixrzlari, pardalari murakkablasha bordi. Shu kunlarda davlat tasarrufidagi 36 teatr turli koʻrinishdagi binolar va Sta ega. Oʻzbek milliy akademik drama teatri binosi oʻz joyida qayta qurildi va S.si eng zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlandi; 2) keng maʼnoda — teatr. Download 27.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling