Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
91
SARKARDA PETRO 
 

Pahlavon Bay Petroni ko‘rgan bormi? Alam to‘la suhbatida bo‘lgan bormi?! 
 
2 
Pahlavon Bay Petroni men ko‘rganman. Alam to‘la suhbatida bo‘lganman! Shuhratparast ukasi 
sotdi uni. Bu qayg‘uli voqeadir, og‘aynilar. 
 
3 
Yetti kun davom etdi Silistra uchun jang, yetti kun yer titradi otlarning dupuridan. Momaguldurak 
kabi botirlarning ovozi yangrab turdi gohi u, goh bu yerda yetti kun. Dunay suvmi yoki qon — bilib 
bo‘lmadi mutloq. 
 
4 
Botirlarning ichida eng botiri Bay Petro! Har qilich solganda u tutdek to‘kilardi yov! Nayzasini 
otganda dushman otdan qulardi. Bay Petro esa, kulib, mo‘ylovini burardi. 
— Sarkardaning kayfi chog‘! Demak, g‘alaba bizda! — deyishardi gayduklar uni ko‘rganda har 
choq. Dimitr esa xafa, ichini it tirnardi... 
 
5 
Yetti kun davom etdi Silistra uchun jang, yetti kun yer titradi gayduklar na’rasidan. Botirlarning 
ichida eng botiri Bay Petro! Har qilich solganda u tutdek to‘kilardi yov! Dimitr esa xafa, ichini it 
tirnardi: 
—  Nega men sarkardamas, nega akam sarkarda?! 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling