Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Soliq elementlari
- Soliqqa tortish tizimi va uning elementlari
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 1. Soliqlarning qanday funksiyalari mavjud? 2. Soliqlarning funksiyalari va vazifalarini farqlab bering. 3. Soliqlarning fiskal funksiyasini tushuntiring. 4. Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasini tushuntirib bering. 5. Soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasini tushuntirib bering. 6. Soliqlarning nazorat funksiyasini tushuntirib bering. 7. Soliqlarning axborot bilan ta’minlash funksiyasini tushuntirib bering. 8. Soliqlarning o‘rnini belgilovchi asosiy omillarni ko‘rsatib o‘ting. 9. Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda soliqlarning o‘rni qanday? 10. Kichik biznes subyektlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda soliqlarning o‘rni qanday ahamiyatga ega? 1.3. Soliq elementlari Soliq elementlari haqida gap borganda ko‘pincha, adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so‘z yuritiladi. Shu o‘rinda soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo‘lib, aslida soliq tizimi tarkibini tashkil etadi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa soliqlarni undirish bo‘yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yo‘li bilan belgilangan hamda ijro hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchand o‘zgarmas bo‘lib Soliqqa tortish tizimi va uning elementlari 21 ko‘rinsada, uning shakl-shamoyili va yo‘nalishi davlatning ijtimoiy- iqtisodiy siyosatiga, qolaversa soliq siyosatining mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Chunki soliqqa tortish tizimi o‘z ichiga tarkiban soliq elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa bevosita davlat siyosati yo‘nalishiga bog‘liq. Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq stavkasining qaysi turlarining ko‘proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining belgilanishi, soliqlarni undirishni qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish asosan, ijro hokimiyati faoliyatining mazmuniga bog‘liq. Binobarin, shu ma’noda xuddi soliqlarning vazifalari kabi soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda o‘ziga xos tarzda amal qilishi va tashkil etilishi mumkin. Demak, davlat qonunchiligi bilan belgilangan va uning maxsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa tortish tizimi, deb ataladi. Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan soliq elementlari esa soliqqa tortishda ifodalanadigan tushunchalar bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar va davlat byudjeti o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to‘liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarning har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham xuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushunchadir. Soliq elementlari tushunchasi soliqqa tortish tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi. Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo‘lib, ular tarkiban: soliq subyekti, soliq obyekti, soliqqa tortish predmeti, soliq manbayi, soliq bazasi, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari, soliqni to‘lash muddatlari va tartiblari, soliq yuki kabi tushunchalarni qamrab oladi. Quyida soliq elementlarining har biriga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling