Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1. Soliqlarning qanday funksiyalari mavjud? 
2. Soliqlarning funksiyalari va vazifalarini farqlab bering. 
3. Soliqlarning fiskal funksiyasini tushuntiring. 
4. Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasini tushuntirib bering. 
5. Soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasini tushuntirib bering. 
6. Soliqlarning nazorat funksiyasini tushuntirib bering. 
7. Soliqlarning axborot bilan ta’minlash funksiyasini tushuntirib 
bering. 
8. Soliqlarning o‘rnini belgilovchi asosiy omillarni ko‘rsatib o‘ting. 
9. Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda 
soliqlarning o‘rni qanday? 
10. Kichik biznes subyektlarining tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirishda soliqlarning o‘rni qanday ahamiyatga ega? 
1.3. Soliq elementlari 
Soliq elementlari haqida gap borganda 
ko‘pincha, adabiyotlarda soliqqa tortish 
tizimi haqida so‘z yuritiladi. Shu o‘rinda 
soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo‘lib, aslida 
soliq tizimi tarkibini tashkil etadi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha 
munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa soliqlarni undirish 
bo‘yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Shu 
jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan 
qonun yo‘li bilan belgilangan hamda ijro hokimiyati tomonidan 
soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuidan 
iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchand o‘zgarmas bo‘lib 
Soliqqa tortish tizimi 
va uning elementlari
 


21
ko‘rinsada, uning shakl-shamoyili va yo‘nalishi davlatning ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatiga, qolaversa soliq siyosatining mazmuniga bog‘liq 
bo‘ladi. Chunki soliqqa tortish tizimi o‘z ichiga tarkiban soliq 
elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu 
elementlarning qay darajada talqin etilishi esa bevosita davlat siyosati 
yo‘nalishiga bog‘liq. Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq 
stavkasining qaysi turlarining ko‘proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining 
belgilanishi, soliqlarni undirishni qaysi usullaridan ustuvorlik bilan 
foydalanish asosan, ijro hokimiyati faoliyatining mazmuniga bog‘liq. 
Binobarin, shu ma’noda xuddi soliqlarning vazifalari kabi soliqqa tortish 
tizimi ham har bir davlatda o‘ziga xos tarzda amal qilishi va tashkil 
etilishi mumkin. 
Demak, davlat qonunchiligi bilan belgilangan va uning maxsus 
idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil etish usullari, 
elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa tortish tizimi, deb ataladi. 
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan soliq 
elementlari esa soliqqa tortishda ifodalanadigan tushunchalar bo‘lib, ular 
soliq to‘lovchilar va davlat byudjeti o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy 
munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to‘liq va teranroq 
ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarning har bir kichik guruhlari 
muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham 
xuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat 
qiluvchi yaxlit tushunchadir. Soliq elementlari tushunchasi soliqqa 
tortish tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning o‘zi ham kichik 
tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy 
kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi. 
Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo‘lib, ular 
tarkiban: soliq subyekti, soliq obyekti, soliqqa tortish predmeti, soliq 
manbayi, soliq bazasi, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliq 
imtiyozlari, soliq bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari
soliqni to‘lash muddatlari va tartiblari, soliq yuki kabi tushunchalarni 
qamrab oladi. Quyida soliq elementlarining har biriga qisqacha to‘xtalib 
o‘tamiz. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling