Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, deganda nimani tushunasiz? 2. Soliqlarning obyektiv zarurligi nimalarda ko‘rinadi? 3. Soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimalardan iborat? 4. Adam Smit o‘zining qaysi asarida ilk bor soliqlarning tamoyil- larini asoslab bergan? 5. Iqtisodchi olimlar tomonidan soliqlarga berilgan ta’riflarning o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib bering. 6. Soliq kodeksida soliqlarga qanday ta’rif berilgan? 7. Soliqlarning xususiyatlarini izohlang. 8. Olimlar tomonidan soliqlarga oid bilimlarni turlicha talqin etilishi sabablari nimada? 9. Soliqlar belgilarining mohiyatini tushuntirib bering. 10. Soliqning ekvivalensizlik belgisining mohiyatini tushuntiring. 1.2. Soliqlarning funksiyalari Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, odatda kategoriyaning ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim. 14 Soliqlarning funksiyalari to‘g‘risida fanda turli xil qarashlar mavjud. Sobiq Ittifoq davrida soliqlar ikki xil funksiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Eng asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki bu funksiyasiz nazorat funksiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas, deb qaralardi. Bir qancha G‘arb iqtisodchilaring nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.Keynsning konseptsiyasiga asoslanadi. By konseptsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi. Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L.Xarrot, N.Kaldor, A.Xansen va P.Samuelsonlarning fikriga ko‘ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli xil imtiyozlar berish yo‘li bilan bu funksiyani bajarish mumkin, deb hisoblaydilar. Soliqlarning daromadlarni boshqarish funksiyasining yuzaga kelishiga fransuz iqtisodchisi E.Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib, amerikalik iqtisodchilar A.Ilersik, G.Koul, fransuz iqtisodchilari M.Kludo, J.Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra davlat soliqlardan va transfer to‘lovlaridan foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funksiyasi mavjud, degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. I.Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funksiyani bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish funksiyalari. Uning fikriga ko‘ra birinchi funksiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog‘liq, ikkinchisi yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funksiyasi turli imtiyozlar va yengilliklar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi 9 . O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, G‘arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funksiyasi I.Malmiginda taqsimlash funksiyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. 9 Мальмигин И. Налоги как элементы финанса. –М.: перевод с англ. 1997. С. 69. 15 Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlarning funksiyasini aniqlash kerak. Soliqlarning funksiyalari masalasida hozirga qadar olimlar o‘rtasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi. Soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: soliqning fiskal, tartibga solish, rag‘batlantirish, nazorat, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi. Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hisoblanib (lotincha «fiscus» so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo‘lagini, davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish – soliqlar fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan- texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslarni ko‘proq sarflaydi, lekin soliq tizimi o‘zining fiskal funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarishning o‘sishiga, jamg‘arish jarayoniga xalal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda iqtisodiyotning umumiy tuzilmasida buzilishlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak. Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali paydo bo‘ladigan pul resurslari davlat byudjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi. Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining kam Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling