Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Soliqqa tortish usullari uch xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. Ular
quyidagilarga: soliqqa tortishning kadastrli, daromad manbayidan va daromad egasi daromadni olganidan so‘ng (deklaratsiya buyicha) soliqqa tortish usullariga ajratiladi. Soliqlarni to‘lash muddatlari va tartiblari. Soliq qonunchiligida har bir soliq turining byudjetga to‘lash muddatlari belgilangan. Soliqni to‘lash muddatlari, deganda soliq to‘lovchilarning davlat byudjeti oldida soliq majburiyatlarini bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to‘lash 25 muddatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega: joriy (bo‘nak) to‘lovlari va haqiqiy daromad olinganidan keyingi to‘lovlar. Soliqni to‘lash tartibida esa: soliqni yo‘naltirilganligi (byudjetga yoki byudjetdan tashqari jamg‘armalarga), soliqni to‘lash vositasi (O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 48-moddasiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash milliy valutada, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valutasida amalga oshiriladi) hamda soliqni to‘lash shakllari (naqd pul yoki naqd pulsiz) ifodalanadi. Soliq yuki - soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyati natijasida to‘lagan soliqlarining yig‘indisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilarning to‘laydigan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarining yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri soliqlarda soliq yuki aynan soliqni byudjetga hisoblab o‘tkazuvchi soliq to‘lovchilar zimmasiga tushsa, egri soliqlarda esa soliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat)larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq yukining bir yilda byudjetga to‘langan barcha majburiy to‘lovlar yig‘indisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukining darajasi o‘z navbatida mamlakatning iqtisodiy qudratiga, inflyatsiya darajasiga, davlatning vakolatli funksiyalarni qo‘llashiga, qolaversa, bozor munosabatlarining rivojlanishi va ijtimoiy harakat doirasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Soliqlarni yuridik va jismoniy shaxslardan undirish jarayonida beriladigan imtiyozlar natijasida soliq yukini soliq to‘lovchilarning biridan ikkinchisiga yuklash jarayoni kuzatiladi. Shu o‘rinda soliq bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq yukini tartiblash yoki mantiqan aytganda me’yorlashtirish muammosi yuzaga keladi. Soliq yukini ifodalashning bir qancha ko‘rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, mezodarajadagi soliq yuki va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda butun mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko‘rsatkich sifatida muayyan vaqt oralig‘ida davlat byudjetiga kelib tushgan soliqlar yig‘indisini ana shu vaqt oralig‘ida yaratilgan yalpi ichki mahsulot (YaIM) yoki milliy daromad (MD)ga nisbati olinadi. Mezodarajada ifodalanganda alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalansa, mikrodarajada esa aniq bir olingan subyektga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalanadi. Soliqlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’- siri, asosan, ularning stavkalari darajasining miqdori bilan belgilanadi. Respublika soliq Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling