Umidjon hayitov


Download 1.86 Mb.
bet1/4
Sana14.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1702399
  1   2   3   4
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari


Mobil tarmoqlarning standartlari
UMIDJON HAYITOV
Simsiz aloqa tushunchasi -bu jismoniy qurilma degan ma’noni anglatmaydi.
Simsiz tarmoq degani mahalliy tarmoq (LAN), global tarmoq (WAN) yoki 4G / 3G uyali tarmoq kabi simsiz tarmoqqa kirish anglatiladi. Ushbu turdagi tarmoqlar aloqa qilish uchun elektr ta'minoti va tarmoq tugunlariga fizik ulanish uchun yaqin masofadagi ba'zi qurilmalarni talab qiladi.
Simsiz tarmoq taqsimlangan tarmoqqa ulanish uchun stasionar yoki portativ oxirgi
nuqtani ta'minlaydi. Boshqa tomondan, uyali tarmoq, taqsimlangan tarmoqlarga, yetarli qamrov mavjud bo'lganda, har qanday joyga ko’chib yurish (mobillilikni) imkoniyatini beradigan portativ qurilma orqali tarmoqqa ulanishni ta'minlaydi.
Shu kunga qadar mobil tarmoqlarining bir nechta avlodlari (generation) ishlab
chiqildi-1G, 2G, 3G, 4G, 5G va texnologiyaning rivojlanish evolutsiyasi davom etib kelmoqda. 1G, 2G, 3G, 4G va 5G mobil tarmoqlarning
avlodlari bo’lib, ular hozirgi kunda faol ishlatilib kelinmoqda. 5G-besh avlodini anglatadi, bu erda G "avlod" so'zini anglatadi, 1, 2, 3, 4 va 5 raqamlari avlod raqamini anglatadi. 80-yillarning boshlaridan deyarli har 10 yilda mobil tarmoqlarning yangi avlodi paydo bo'ldi.
1G ( TACS ). Total Access Communication System - Umumiy kirish aloqa tizimi (TACS). Kengaytirilgan mobil telefon tizimining variantlari boʻlib , ular 1983-yil fevral oyida Buyuk Britaniya hukumati tomonidan eʼlon qilganidan keyin bir yildan kamroq vaqt oʻtgach, Buyuk Britaniyaning birinchi ikkita milliy uyali aloqa tizimlari uchun tanlov sifatida eʼlon qilingan. 
1980-1990 yillarda keng foydalanilgan ushbu mobil avlod standarti uchun 150MHz-900MHz chastota diapozonidan foydalanilgan. Polosa kengligi 30Khz ni tashkil etgan va batariya ta’minoti juda kuchsiz bo’lgan. 1G mobil telefoni faqat ovozli ko’rinishda bo’lib, sifat darajasi ancha past bo’lgan. Mobil qurilmasining o’lchami esa ancha katta va foydalanish qo’pol bo’lgan. Stansiya bilan mobil qurilmasi o’rtasida analog ko’rinishda signal formatidan foydalanib maksimum 2Kbit/s tezlikda ma’lumot almashinilgan.
1G mobil qurilmasi va stansiyasi
Ushbu avlod mobil qurilmasida ko’plab kamchiliklar va xizmat ko’rsatish
sifati past bo’lgan, axborot xavfsizligi masalari yechilmaganligi sababli,
2 avlod mobil tarmoqlarida ko’plab yangi imkoniyatlar ishlab chiqildi, xizmatlar joriy etildi, global tarmoqda foydalanish imkoniyatli hal etildi.
1G mobil qurilmasi va stansiyasi

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling