Umidjon hayitov


G-(LTE / LTE ADVANCED)-MOBIL ALOQA STANDARTI


Download 1.86 Mb.
bet4/4
Sana14.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1702399
1   2   3   4
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari

4G-(LTE / LTE ADVANCED)-MOBIL ALOQA STANDARTI. LTE Advanced 3GPP tomonidan Long Term Evolution (LTE) standartiga katta yaxshilanish sifatida standartlashtirilgan. 2009 yil oxirida Xalqaro elektraloqa ittifoqining telekommunikatsiya standartlashtirish sektoriga 4G tizimiga nomzod sifatida rasman taqdim etilgan. LTE Advanced ITU tomonidan tasdiqlangan va 2011-yil mart oyida 3GPP tomonidan yakunlangan.
Birinch marta 2009 yilning oxirida Stokgolm va Oslo shaharlarida TeliaSonera operatori 4G tarmog’ini ishga tushirdi. Undan keyin dunyoda Finlandiya ikkinchilardan bo’lib, 4G tarmog’ini ishga tushirdi.
4G tarmog’ida ma’lumot uzatish tezligi 100Mb/s-1Gb/s gacha etishi mumkin. Shuningdek, 1G-3G mobil tarmoqlari qo’llab quvvatlagan barcha xizmatlariga qo’shimcha mobil multimedia, global mobillilik, integrasiyalangan simsiz yechimlar, shaxsiylashtirishlgan xizmatlar va boshqa xizmatlar to’plamini qo’llab quvvatladi. 4G tarmoqlari
2GHz -8GHz chastota diapozonida ishlaydi vapolosa kengligi 100MHz teng. Ma’lumot uzatish tezligi juda yuqori va IP texnologiyasini to’liq
qo’llab quvvatlaydi.
4G mobil tarmoqlari arxitekturasi
5G (ingliz tilidan beshinchi avlod - “beshinchi avlod”) - mavjud 4G/IMT-Advanced standartlariga rioya qilgan holda telekommunikatsiya standartlari (5G/IMT-2020) asosida ishlaydigan mobil aloqaning beshinchi avlodi. 5G texnologiyalari 4G texnologiyalariga nisbatan yuqori o‘tkazuvchanlikni ta’minlashi kerak, bu esa keng polosali mobil aloqaning ko‘proq mavjudligini, shuningdek, qurilmadan qurilmaga (“qurilmaga”, abonentlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish) rejimlardan foydalanishni ta’minlaydi
Beshinchi avlod mobil aloqa texnologiyasi–telekommunikatsiya sohasida,
5G uyali aloqa kompaniyalari tomonidan 2019 yilda global miqyosda tarqalishni boshlagan uyali aloqa tarmoqlari uchun beshinchi avlod texnologiyasi hisoblanadi. Bugungi kunda yuqori tezliklarda ma’lumot uzatish va boshqa ko’plab imkoniyatlarni qo’llab quvvatlovchi zamonaviy 4G aloqa tarmoqlarining davomchisifatida 5G tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda Janubiy Koreya, Xitoy va AQSh 5G texnologiyasini yaratish va joriy etish bo'yicha dunyoda etakchi mamlakatlar hisoblanadi va 5G tarmoqlarining ba’zi xizmatlarida foydalanish yo’lga qo’yilmoqda.
Beshinchi avlod mobil tarmoqlari arxitekturasi
5G tarmoqlari orqali barcha simsiz:sputnik aloqa, Wi-Fi, Wi-Max va simli aloqa xizmatlaridan foylanish mumkin. 5G tarmoqlari uchun chastota diapazoni ikki to'plamda orqali belgilanadi (1) chastota diapazoni LTE chastota diapazonini o'z ichiga olgan 450MHs –6GHz oralig’ida va(2) chastota diapazoni 24,25GHz-52,6GHz oralig’i. Beshinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarini dunyo miqyosida keng joriy yetish bilan birga, 5G tarmoq foydalanuvchilari soniyasiga gigabit ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega bo’lishadi, 3D formatda online kino ko’rishlari, sensor texnologiyalari keng joriy etish imkoniyati, smart home, smart city, avtomatlashtirilgan sanoat, o’z o’zini boshqaruvchi aqlli ob’ektlar, aqlli tibbiyot, aqlli transport, uchuvchisiz boshqariluvchi dronlar, aqlli elektr tarmoqlari, IoT xizmatlari, mashina-mashina aloqasi, gologramma, va boshqa telekommunikatsiya xizmatlariga ega bo’lishadi.
Beshinchi avlod qo’llab quvvatlaydigan mobil xizmat turlari
Mobil aloqa avlodlarining imkoniyatlari
Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling