Mobil tarmoqlari. 5G texnologiyasi


Download 1.07 Mb.
bet1/5
Sana14.01.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1092404
  1   2   3   4   5
Bog'liq
komp tarmoqlari


Mobil tarmoqlari. 5G texnologiyasi

Beshinchi avlod mobil aloqa texnologiyasi – telekommunikatsiya sohasida, 5G uyali aloqa kompaniyalari tomonidan 2019-yilda global miqyosda tarqalishni boshlagan uyali aloqa tarmoqlari uchun beshinchi avlod texnologiyasi hisoblanadi. Bugungi kunda yuqori tezliklarda ma’lumot uzatish va boshqa ko'plab imkoniyatlarni qo'llab quvvatlovchi zamonaviy 4G aloqa tarmoqlarining davomchi sifatida 5G tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda Janubiy Koreya, Xitoy va AQSh 5G texnologiyasini yaratish va joriy etish bo'yicha dunyoda etakchi mamlakatlar hisoblanadi va 5G tarmoqlarining ba'zi xizmatlarida foydalanish yo'lga qoʻyilmoqda. Butun dunyo bo'ylab operatorlar, shu jumladan AT&T Inc., KT Corp va China Mobile, beshinchi avlod (5G) simsiz texnologiyasini to'liqligicha yaratish va joriy etishga intilmoqda. Oldingi mobil aloqa avlodalaridan farqli 5G tarmoqlari 1G-4G bo'lgan barcha turdagi xizmatlarni ajoyib sifat darajasida va uzatish tezligida qo'llab quvvatlaydi. Koʻplab xizmtlarni integrasiya qiladi hamda mavjud fizik ob’ektlarning ko'plari 5G tarmoqlari dasturish koʻrisnishda ishlab chiqilgan. 5G tarmoqlari orqali barcha simsiz: sputnik aloqa, Wi-Fi, Wi-Max va simli aloqa xizmatlaridan foylanish mumkin. 5G tarmoqlari uchun chastota diapazoni ikki to'plamda orqali belgilanadi (1) chastota diapazoni LTE chastota diapazonini o'z ichiga olgan 450MHs-6GHz oralig'ida va (2) chastota diapazoni 24, 25GHz-52,6GHz oralig'i. Beshinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarini dunyo miqyosida keng joriy yetish bilan birga, 5G tarmoq foydalanuvchilari soniyasiga gigabit ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega boʻlishadi, 3D formatda online kino koʻrishlari, sensor texnologiyalari keng joriy etish imkoniyati, smart home, smart city, avtomatlashtirilgan sanoat, oʻz oʻzini boshqaruvchi aqlli ob’ektlar, aqlli tibbiyot, aqlli transport, uchuvchisiz boshqariluvchi dronlar, aqlli elektr tarmoqlari, IoT xizmatlari, mashina-mashina aloqasi, gologramma, va boshqa telekommunikatsiya xizmatlariga ega bo'lishadi.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling