Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Soliq stavkalari
26 tizimining shakllanishini hozirgi bosqichida soliq stavkalarining darajasi eng munozarali masalalardan hisoblanadi. Soliq stavkalari respublika va mahalliy byudjetlar xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashda muvozanat darajasini hamda xo‘jalik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini belgilaydi. Demak, ular moliya-byudjet munosabatlarini sog‘lomlashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Soliq stavkalari korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaganlari holda, moliya-byudjet munosabatlarining pul muomalasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siriga barham bera olishi ham kerak. Bu esa, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining muhim jihatini tashkil etadi. Soliq elementlari tarkibida soliq stavkalari alohida o‘rin tutadi. Iqtisodiy adabiyotlarda soliq stavkasi, deganda soliq obyektining har bir soliq birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yor tushuniladi. Soliq kodeksining 27-moddasida esa soliq stavkasi soliq solinadigan bazaning o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi, deb keltirilgan. Soliq stavkasining ahamiyati soliq obyektini qancha qismi qanday miqdorda majburiy to‘lov sifatida byudjetga undirishini xarak- terlaydigan masalaga javob beradi. Soliq stavkalarining mohiyati shundaki, ular soliq obyekti, soliq birligi va soliq me’yorlariga asoslangan holda soliq mexanizmini samarali ishlashini ta’minlaydi. Soliq stavkalaridan davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida foydalanilsa, boshqa tomondan soliq imtiyozlarini bir turi sifatida ular orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag‘batlantirish rolidan foydalaniladi. Soliq stavkalari ikki xil ko‘rinishda: qat’iy stavkalarda va nisbiy (foiz) stavkalarda ifodalanadi. Soliq stavkasi qat’iy stavkada belgilangan holda soliq obyektiga nisbatan qat’iy so‘mda belgilanadi. Masalan, yer solig‘ining har bir gektari uchun qat’iy so‘mda soliq miqdori o‘rnatilgan. Yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlariga, mol-mulklariga esa nisbiy stavkada, ya’ni foizda soliq miqdori belgilangan. Soliq stavkasi bilan soliqqa tortish obyekti o‘rtasidagi bog‘liqlik darajasiga qarab soliq stavkalarini proporsional, progressiv va regressiv kabi turlarga ajratish mumkin. Soliq stavkalari, undirilishi, mohiyati va amal qilishi nuqtayi nazaridan bir necha turlariga ajratiladi (1.3.1-chizma). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling