Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq stavkasi turlari
1.3.1-chizma. Soliq stavkasi turlari Soliq stavkalari turlaridan biri – bu proporsional soliq stavkalari bo‘lib, bu soliq stavkalarining asosiy mohiyati shundan iboratki, soliq to‘lovchi ega bo‘lgan foyda (daromad), dividend, oborot yoki mol-mulk qiymatini hajmi (summasi) qancha bo‘lishidan qat’iy nazar bir xil tartibda, ya’ni bir xil foizda soliq stavkasi qo‘llaniladi. Masalan, dividend uchun barcha soliq to‘lovchilari uchun soliq stavkasi 10 foiz qilib belgilangan. Bundan tashqari qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi ham bugungi kunda proporsional soliq stavkasi hisoblanadi. Har qaysi soliq to‘lovchi qancha oborot (realizatsiya)ga ega bo‘lishidan qat’iy nazar 20 foiz stavka bo‘yicha soliq to‘laydi. Shuningdek, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha ham proporsional soliq stavkasi qo‘llaniladi. Respublikamiz soliq tizimida amal qiluvchi yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq uning obyekti 500 ming so‘m bo‘lganida ham 800 ming so‘m bo‘lganida ham soliq stavkasi o‘zgarmay qolaveradi, ya’ni soliq obyektining o‘zgarishi soliq stavkasining o‘zgarishiga ta’sir qilmaydi. Proporsional soliq stavkasi o‘zgarmas soliq stavkasi bo‘lib, uning miqdori (foizi) soliq obyektining hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu bir tomondan yuqori daromadga (oborotga) ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun qulay soliq stavkalari hisoblansada, ayrim soliq to‘lovchilar uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin, ya’ni ushbu soliq stavkasi soliqlarning rag‘batlantiruvchilik rolini bajarmaydi. Soliq stavkalarining keyingi turi progressiv soliq stavkasi hisoblanadi. Progressiv soliq stavkasi mohiyati jihatidan proporsional soliq stavkasiga nisbatan teskari holatda amal qilib, unga muvofiq soliq Soliq stavkasi turlari Proporsional Progressiv Regressiv Qat’iy Tabaqalashti- rilmaydigan Ulushli Tabaqalashti- riladigan O‘zgaruvchan O‘zgarmas 28 to‘lovchilarning daromadlari, foydasi yoki oboroti ortib, o‘sib borishiga muvofiq tarzda soliq stavkasining ham ortib borishi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida buni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i misolida ko‘rish mumkin. Bunga muvofiq jismoniy shaxslarning olgan daromadi oshib borishi bilan birga belgilangan shkala asosida soliq stavkasi ham oshib boradi. Masalan, jismoniy shaxsning umumiy olgan daromadi eng kam ish haqining bir baravari (+1 so‘m)dan besh baravarigacha miqdoridan 7.5 foiz stavkada, eng kam ish haqining besh baravari (+1 so‘m)dan o‘n baravarigacha bo‘lgan qismidan 16.5 foiz stavkada, eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortgan qismidan esa 22.5 foiz stavkada soliq undirilishi belgilangan (2018-yil uchun). Demak, bundan ko‘rinadiki, progressiv soliq stavkasida soliq obyektining oshib borishiga mutanosib ravishda soliq stavkasi ham oshib boradi. Qayd etish lozimki, ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda progressiv soliq stavkasi, deganda faqat jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha stavkalar keltiriladi. Bundan tashqari progressiv soliq stavkalaridan davlat tartibga soluvchi vosita sifatida ham keng foydalanadi, masalan, respublika soliq qonunchiligiga muvofiq me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan yuridik shaxslarning mol- mulkiga belgilangan stavkaning ikki baravari miqdorida soliq undirish belgilangan bo‘lib, 2018-yildan yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i stavkasi 5 foiz bo‘lgani holda, ularning me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskunalaridan esa belgilangan stavkaning ikki baravari, ya’ni 10 foiz miqdorida soliq undiriladi. Progressiv soliq stavkasining ikki turi mavjud: oddiy progressiya va murakkab progressiya. Oddiy progressiyada soliqning orttirilgan stavkasi soliqqa tortiladigan barcha obyektga nisbatan qo‘llaniladi, murakkab progressiyada esa soliqqa tortish obyekti qismlarga bo‘linadi, ularning har biri o‘z stavkasi bo‘yicha soliqqa tortiladi, ya’ni orttirilgan stavkalar butun obyektga nisbatan emas, balki bundan oldingi bosqichdan ortgan qismiga nisbatan qo‘llaniladi. Jismoniy shaxslarning daromadiga soliq stavkalari murakkab progressiya hisoblanadi. Progressiv soliq stavkasining kamchiligi shundaki, bu soliq stavkalari soliq to‘lovchilarning daromad olish manfaatdorligini rag‘batlantirmaydi, shuning uchun progressiv soliq stavkalarini qo‘llaganda muayyan chegaraga qadar soliq stavkasini oshib borishini ta’minlagan holda so‘ngra regressiv soliq stavkalarini joriy etish soliq to‘lovchilar manfaatlariga mos keladi. Shuning bilan birgalikda ta’kidlash lozimki, progressiv soliq stavkalari davlat tomonidan 29 iqtisodiyotni soliqlar vositasida tartibga solishda alohida ahamiyatga ega. Soliq stavkalari haqida gapirganda, proporsional soliq stavkasi uchun neytral holat xarakterli bo‘lsa, progressiv soliq stavkasi soliqlarning fiskallik xususiyatini xarakterlaydi, ya’ni progressiv soliq stavkalarida byudjet manfaati ko‘proq yuzaga chiqadi. Shu jihatdan soliqlardan adolatlilik tamoyilining amal qilishini ta’minlash maqsadida regressiv soliq stavkalaridan foydalaniladi. Regressiv soliq stavkasida soliq to‘lovchining soliqqa tortiladigan daromadi, oboroti, mol-mulk qiymati kabi soliq obyektining ortib borishi bilan soliq stavkasining kamayib borishi ifodalanadi. Bundan ko‘rinadiki, regressiv soliq stavkasi progressiv soliq stavkasiga nisbatan teskari hodisani ifodalaydi. Soliq tizimida regressiv soliq stavkasi asosan soliqlarning rag‘batlantiruvchilik rolini oshirish maqsadida qo‘llanilib, bu asosan korxonalarning tovar (ish, xizmat)larni chetga eksport qilishini rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan. Iqtisodiy adabiyotlarda uzoq yillardan buyon yagona soliq stavkalarini joriy etish to‘g‘risida bahsli munozaralar davom etib kelmoqda. Bu qarashlarni rus olimlari A.Abalkin, P.Bunich va boshqalarning ilmiy ishlarida uchratish mumkin. Ularning qayd etishlariga ko‘ra korxonalar foydasidan olinadigan soliq uchun yagona stavka joriy qilish bozor munosabatlariga o‘tayotgan davlatlar uchun maqbul va yagona yo‘l ekanligini ta’kidlaydi. Fikrining isboti tariqasida yagona stavkani joriy qilishning to‘rt sababini ajratib ko‘rsatadi: 1. Xo‘jalik mexanizmining yagonaligi. 2. Kapitalni sarflash sohalarining soliq munosabatlariga nisbatan tengligi, bu kapitalni erkin harakat qilishi uchun asos yaratadi. 3. Barcha korxonalarning soliq to‘lovchilar sifatida davlat oldida teng huquqliligi. 4. Bozordagi raqobat kurashida sharoitlarning tengligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunga qarama-qarshi fikrlar ham mavjud. Ana shunday fikrlarga ko‘ra, barcha korxonalar uchun yagona stavkada foydadan soliq olish maqsadga muvofiq emas. Korxonalarning turlicha moliyaviy sharoitda bo‘lgan hozirgi davr holatida yagona stavkani qo‘llash korxonaning moliyaviy ehtiyojlari bilan davlat manfaatlari yuzasidan keskin qarama-qarshiliklarni yuzaga keltiradi. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar soliq tizimiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ular amaliyotida soliq stavkalarini tabaqalashtirilgan holda qo‘llanilishining guvohi bo‘lish mumkin. Chunki soliqlarning rag‘batlantiruvchilik rolini yuzaga chiqishi asosan 30 uch xil ko‘rinishda yuzaga chiqadi. Bular soliq imtiyozlarini amalga oshirish (soliq obyektini kamaytirish), soliq to‘lovchilarni soliqdan ozod etish hamda soliq stavkalarini tabaqalashtirish hisoblanadi. Qayd etish joizki, soliq stavkalarini tabaqalashtirish soliq tizimi hamda iqtisodiyotning real sektori uchun ham foydali bo‘lsada, ammo, bu jarayonda eng asosiy muammo soliq stavkalarini tabaqalashtirish masalasi hisoblanadi. Agar soliq stavkalarini tabaqalashtirishda to‘g‘ri va egri soliqlar holatiga e’tibor beradigan bo‘lsak, egri soliqlarga nisbatan to‘g‘ri soliqlarda soliq stavkalari ko‘proq tabaqalashgan. Buning asosiy sababi soliqlarning rag‘batlantiruvchilik roli asosan to‘g‘ri va egri soliqlar orqali yuzaga chiqishi, shunga asoslangan holda soliq stavkalarini tabaqalashtirishda to‘g‘ri va egri soliqlar orqali korxonalarni turli xil faoliyat bo‘yicha rag‘batlantirish hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq xo‘jalik yurituvchi subyektlardan asosan suv manbalaridan tejamkorona foydalanish hamda davlat byudjetini daromad bilan ta’minlash sifatida kiritilgan bo‘lib, uni tabaqalashtirishda ikki xil yondashuv amalga oshirilgan, ya’ni suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliq stavkalari sohalar va suvlarni paydo bo‘lish manbalariga ko‘ra tabaqalashtirilgandir. To‘g‘ri soliqlar jumlasiga kiruvchi mol-mulk solig‘i ham korxonalarning o‘z tasarrufidagi va foydalaniladigan mol-mulklarining samarali foydalanishga undash va byudjet manfaati nuqtayi-nazaridan kiritilgan bo‘lib, mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq asosan proporsional holda o‘rnatilgan. Shuningdek, to‘g‘ri soliqlardan biri hisoblangan yagona soliq to‘lovi kichik biznes subyektlari uchun alohida soliq turi bo‘lib, u bo‘yicha belgilangan soliq stavkalari ham tabaqalashgan. Bunda soliq stavkasining tabaqalashtirish mezoni asosan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati sohalari bo‘yicha berilgan. Ya’ni tayyorlov tashkilotlari uchun yalpi daromadga nisbatan 33 foiz, sanoat sohasidagi korxonalar uchun 5 foiz, ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, nashriyotlar, matbaa tashkilotlari, teleradioeshittirish kompaniyalari uchun esa 5 foiz qilib belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida to‘g‘ri soliqlardan tashqari egri soliqlar ham amal qilib, ushbu soliq turlari bo‘yicha ham tabaqalashtirilgan soliq stavkalari qo‘llaniladi (1.3.2-chizma). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling