Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


-chizma. Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

 
1.3.4-chizma. Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari 
Soliq imtiyozlarini qo‘llash mexanizmidagi eng murakkab jarayon 
bu soliq imtiyozlarini belgilash mezonlarini adolatli tarzda belgilash 
hisoblanadi. Ammo, qayd etish joizki, soliq imtiyozlarini belgilash jahon 
amaliyotida har bir mamlakatning iqtisodiy siyosatining mazmun-
Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari 
sohani rivoj-
lantirishning 
ustuvorligiga 
qarab 
soli
to‘lovchilarning 
ijtimoiy holatiga 
qarab 
agar korxonalar 
importni o‘rnini 
bosuvchi 
mahsulotlar ishlab 
chiqarsa yoki 
mahsulotni eksport 
qilsa, muayyan 
darajada soliq 
imtiyozlari beriladi 
korxonada 
ishlovchilar 
tarkibidagi 
nogironlar, urush 
va mehnat 
faxriylari 
qonunchilikda 
belgilangan 
me’yor doirasini 
tashkil etsa 
respublikada 
kichik biznesni 
rivojlantirish 
ustuvor yo‘nalish 
sifatida 
belgilanganligi 
uchun ularga 
ixtiyoriy shaklda 
soliq tizimi 
qo‘llaniladi 
mahsulotlari 
eksporti hamda 
importbop 
mahsulotlarni 
ishlab chiqarish 
darajasiga qarab 
davlatlararo 
(xalqaro) 
bitimlarga ko‘ra 
ikki tomonlama 
soliq solinmaydi 
xalqaro iqtisodiy 
aloqalar 
darajasidan kelib 
chiqib


38
mohiyatidan kelib chiqib belgilanadi va shu jihatdan u turli davlatlarda 
turlicha bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida soliq imtiyozlarini 
belgilash muayyan mezonlar asosida amalga oshirilgan. Soliq 
imtiyozlarini soliq to‘lovchilarning ijtimoiy holatiga, respublikada qaysi 
sohani rivojlantirish ustuvorligiga, soliq to‘lovchilarning importning 
o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishi va mahsulotni eksport 
qilishi darajasiga hamda davlatlar o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarga asoslanib belgilangandir. Soliq imtiyozlarining 
mezonlarini to‘g‘ri, obyektiv aniqlash soliqlarning adolatlilik tamoyilini 
ifodasi sifatida yuzaga chiqadi. 
Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning 
uchta usuli mavjud: 
1. Kadastrli. 
2. Daromad manbayidan. 
3. Daromad egasi daromadni olganidan so‘ng (deklaratsiya buyi-
cha). 
Birinchi usul bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foy-
dalaniladigan obyektlar (yer, imoratlar va shu kabilar)ning bahosi va 
o‘rtacha daromadliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan kadastr 
yoki reyestrdan foydalanilishini taqozo etadi. 
Yer kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir xildagi yer 
uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va boshqa belgilariga 
ko‘ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun maydon birligining qator yillar 
uchun o‘rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma yer 
uchastkalari maydon birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa 
toifaga tenglashtiriladi.
Soliqni to‘lashning kadastrli usulining o‘ziga xos xususiyati sifatida 
shuni ajratib ko‘rsatish kerakki, soliqning to‘lanish payti daromadning 
olinishi payti bilan aslo bog‘lik bo‘lmaydi, chunki bunday usulda mol-
mulk uning taxmin qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida 
baholanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar qo‘rg‘onlarida yer 
solig‘i stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar ayrim 
tumanlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati 
bo‘yicha kompleks tarzda baholash asos qilib olingan. 
Obyektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o‘rtacha da-
romadliligi uning haqiqiy daromadliligidan jiddiy farqlanishi mumkin, 
shuning uchun bunday usul ko‘p jihatdan tarixiylik tusiga ega bo‘lishi 
mumkinki, undan soliq tizimi uncha rivojlanmagan holatda qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasida yer solig‘i kadastrli usulda undiriladi. 
Bunda yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi yer 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling