Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
UO‘K: 336.22(075)
KBK: 65.261.4ya7 ISBN 978-9943-13-825-4 © Vaxabov A.V., Jo‘rayev A.S., 2019 © “IQTISOD-MOLIYA”, 2019 3 KIRISH Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda avvalambor, soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish soliq to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish muhim masalalardan hisoblanadi. Respublikamizda yuritilayotgan soliq yukini kamaytirishga qaratilgan soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada rivojlanishini rag‘batlantirishni kuchaytirishga, mamlakat iqtisodiyotining barqaror faoliyat yuritishida uning rolini oshirishga, yangi ish joylarini shakllantirish va aholi bandligini ta’minlashga, shuningdek, xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish uchun qo‘shimcha ravishda qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek – «Barcha biznes toifalari uchun soliq yukini kamaytirish va qulaylashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish zarur. O‘z ehtiyoji uchun obyektlar qurayotgan, yangi tashkil etilgan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga yagona soliq to‘lovini ma’lum muddatga kechiktirish huquqini berish darkor. Shuningdek, kichik korxonalar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashga o‘tishni rag‘batlantirish shart. Shu bilan birga, tez rivojlanayotgan, yiriklashib borayotgan korxonalarni rag‘batlantirish siyosatiga o‘tish lozim. Soliq imtiyozlari berishda individual yondashuvlardan voz kechib, ularni faqat iqtisodiyotning ma’lum tarmoqlari uchun qo‘llash amaliyotiga o‘tishni taklif etaman» 1 . Shu boisdan ham ta’lim tizimida soliq sohasidagi bilimlarni o‘rgatishda Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq sohasidagi islohotlarni talaba-o‘quvchilarga to‘laroq yetkazish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish, oliy o‘quv yurtlari ta’lim yo‘nalishlari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash, soliq sohasida amaliy tadqiqotlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimida tatbiq etishni amalga oshirish hukumatimiz diqqat-e’tiborida bo‘lgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. 1 Sh.M.Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. –T: “O‘zbekiston” NMIU, 2018. 55-bet 4 Shuning uchun ham ushbu darslik soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, u 5230600-Moliya, 5230700- Bank ishi, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit, 5231200-Sug‘urta ishi, 5231300-Pensiya ishi, 5231500-Baholash ishi, 5111000-Kasb ta’limi (5230600-Moliya, 5230700-Bank ishi, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit), 5232000- Davlat byudjetining g‘azna ijrosi bakalavriat yo‘nalish- larida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Darslik O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari hamda boshqa soliq qonunchiligiga oid me’yoriy hujjatlar asosida tayyorlandi. Ushbu darslikda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, davlat byudjetining soliqsiz daromadlari hamda soliqqa oid qonun buzilishlarga barham berish ettita guruhga bo‘lib o‘rganilgan. Birinchi bobda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, obyektiv zarurligi, funksiyalari, soliq elementlari hamda soliqqa tortish tamoyillari berilgan. Ikkinchi bobda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga umumiy tushunchalar berilgan. Shuningdek, ushbu bobda soliqlarning guruhlanishi hamda soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlari ko‘rib chiqilgan va sharhlangan. Uchinchi bobda hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari tarkibida 80 foiz atrofida o‘zining soliq tushumlari bilan hissa qo‘shayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar to‘laydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘rganilgan. Ushbu bobda asosan, soliq to‘lovchilar, soliq obyekti, soliq solish bazasi, soliq imtiyozlari, soliqlarni hisoblash va byudjetga to‘lash tartibi hamda har bir soliq turlari bo‘yicha o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishlariga yordam beruvchi shartli misollar keltirilgan. To‘rtinchi bob – jismoniy shaxslarni soliqqa tortish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, daromaddan olinadigan soliq, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga qat’iy belgilangan soliqlarni ko‘rib chiqishga harakat qilingan. Ushbu bobning mazmun-mohiyatini chuqurroq o‘rganish maqsadida amaliy misollar ham keltirilgan. Beshinchi bobda davlat byudjetining nobarqaror xarakterga ega bo‘lgan soliqsiz daromadlari berilib, unda soliqsiz daromadlarning zarurligi, mohiyati, ularning tarkibi keltirilgan. Ushbu bobda soliqsiz daromadlarning ayrim manbalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar berilib, ular 5 izohlangan. Undan tashqari soliqsiz to‘lovlarning soliqli to‘lovlar bilan o‘xshashlik va farqli tomonlari ham keltirilgan. Oltinchi bobda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarni hisoblash va to‘lash tartibi izohlangan. Yettinchi bobda soliqqa oid qonun buzilishlarga soliq tizimi orqali ta’sir etishning asosiy yo‘nalishlari, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning asosiy usullari, soliqqa oid qonun buzilishning oldini olish tadbirlarining samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Darslik oxirida yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortishga, soliqlarning huquqiy asoslarini qamrab olishga harakat qilingan test savollari variantlari keltirilgan. Ushbu test savollari variantlari o‘quvchilarni o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashlariga, fanni chuqurroq o‘rganishlariga yordam beradi. Bundan tashqari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisob-kitob shakllari ilovalarda keltirilgan. Mazkur ilovalar soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash tartibi yuzasidan o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi degan umiddamiz. Ushbu darslik kamchiliklardan holi emas. Ular keyingi nashrlarda albatta e’tiborga olinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling