Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

mohiyati va obyektiv 
zarurligi


7
ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi 
va undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam 
ta’minlanganlarga moddiy yordamlar ko‘rsatadi. Shu bilan birga davlat 
jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa 
qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham mablag‘lar sarflaydi, 
qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-
intizom o‘rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham 
ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni amalga 
oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni obyektiv 
zarur qilib qo‘yadi. 
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish 
uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirishning 
soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan emas. Demak, 
hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli 
sifatida soliqlar amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda 
murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat bo‘lib, ana shu murakkablik 
bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarni iqtisodiy 
mohiyatini teran anglashni taqozo etadi. 
Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni 
bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar bilan ularni o‘z mulkiga 
aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Davlat uchun byudjet daro-
madlarining asosiy manbayi hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega. 
Soliqlar to‘g‘risidagi qarashlar tarixan obyektiv va subyektiv 
omillarning ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’riflarni tahlil 
qilish ularning konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi 
mohiyatini asoslash, soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga 
asos bo‘lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat 
taraqqiyotida mavjud bo‘lgan soliqlarning tutgan o‘rnini aniqlash zarur. 
Chunki davlat paydo bo‘lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy 
munosabatlarning zaruriy talablaridan biri bo‘lib hisoblanib kelingan. 
Davlat tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi 
o‘zgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o‘zgarishi va 
takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yig‘ib olish 
usullari xilma-xil bo‘lganligi bilan asoslanib kelingan. Masalan, Sharq 
mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan shaxsiy mol-mulk, 
yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida 
olingan. 
Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan 
ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga 
oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish 
va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam 


8
beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, 
davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida 
jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli 
hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki 
soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy 
manbayi hisoblanadi. 
Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk 
saltanat barpo qilgan Amir Temur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U 
davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga 
tayangan. O‘sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim 
unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga 
uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu 
xususiyatga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida 
markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon 
bo‘lmoqda. 
Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiborga olingan, ammo u vaqtlarda 
soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. 
Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790-yy.) o‘zining 
«Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776-y.) ilk 
bor soliq tamoyillarini ko‘rsatib berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, 
ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini 
asosladi. 
N.Turgenev o‘zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida 
(1818-y.) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo‘lishning muvaffaqiyatlari 
ularning xalqlar urf-odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar 
tizimining takomillashuviga ham ta’sir etgan», «…soliqlar bilimga ega 
bo‘lish bilan birga paydo bo‘lib, uning belgisi bo‘lib qoldi. 
….Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‘ilish usuliga qarab 
xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to‘g‘risida; yig‘iladigan soliqlar 
miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik 
va ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir» bu so‘zlardan 
yana bir bor amin bo‘lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy 
institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. 
Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida turgan vazifalarni 
bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. 
Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funksiyalari yangicha 
xususiyatlarga ega bo‘ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning 
organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o‘zgarmay qoldi. 
«Soliqlar, - deb yozadi D.Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib 
tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil 
etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi 


9
hisobidan to‘lanadi».
2
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D.Rikardo 
soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z navbatida A.Smit tomonidan yaratilgan 
soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlantirgan. 
S.Pepelyayev «Soliq – ommaviy hokimiyat subyektlarining to‘lov 
qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar 
mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda xolisona, 
qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va 
jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan 
yagona shaklidir»
3
- deb, ta’kidlagan. 
D.Chernikning fikricha «Soliqlar - davlat tomonidan xo‘jalik 
subyektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda 
undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi»
4

Sh.Gataulin «... soliqlar o‘zi nima va ular nimaga kerak», degan 
savolga quyidagicha javob beradi: «Soliqlar - bu davlat sarf-
xarajatlarining asosiy manbayi bo‘lib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi va 
daromadlarni barqarorlashtiruvchi vositadir»
5
. Soliqlar davlat byudjeti 
daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni 
boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta’rif soliqlarning 
mohiyatini to‘laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-
huquqiy tomonlarini o‘zida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari iqtisodiy 
munosabat sifatida, bu munosabatlar obyekti bo‘lib nima hisoblanadi, 
degan savollarga javob bera olmaydi. 
Ayrim iqtisodchilar soliqlarni milliy daromadni taqsimlash va qayta 
taqsimlash vositasi sifatida izohlashga harakat qilganlar, - «Soliqlar - 
milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir 
qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir».
6
O.Olimjonovning fikriga ko‘ra: «Soliqlar – davlat va jamiyatning 
pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun 
tomonidan belgilab qo‘yilgan hajmda va o‘rnatilgan muddatda jismoniy 
va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib 
olinadigan to‘lovlardir»
7
. Soliqlarga berilgan mana shu ta’rif eng 
maqbul ta’rif bo‘lib, soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi 
o‘rni va rolini, soliqlarning harakat jarayonini nazariy jihatdan 
chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga 
yordam beradi. Bugungi kunda soliq kategoriyasini har tomonlama, 
2
Рикардо Д. Сочинения т. I. Начало политической экономики и налогового обложения. Пер. с англ. –М.: 
«Госполитиздат», С.360 
3
Пепеляев С. Основы налогового права. –М.: 1995, С.24 
4
Черник Д. Налоги в рыночной экономике. Журнал «Финансы», 1992, №3, С.19 
5
Gataulin Sh. Soliqlar va soliqqa tortish. –T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 1996. 18-bet. 
6
O‘lmasov A., Sharifxo‘jaev M. Iqtisodiyot nazariyasi. –T.: «Mehnat», 1995. 377-bet. 
7
Olimjonov O. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliq siyosati. «Hayot va iqtisod» jurnali, 1992. 


10
kengroq va batafsilroq, shuningdek, uning mohiyati va ahamiyatini, 
iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va o‘rnini, soliqlarni nazariy 
jihatlarini aniqroq va to‘liqroq yorita oladigan ta’rifni keltirish 
muammosi fanda mavjud. Biroq Soliq kodeksining 12-moddasida: 
«Soliqlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan, muayyan miqdorlarda 
undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz 
xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul 
to‘lovlari tushuniladi», - deb ta’rif berilgan. 
Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan 
majburiy to‘lovlar sifatida davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. 
Soliqlar davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, 
ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi. 
Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxona-
larning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli 
hisoblanadi. 
Soliqni to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar bilan 
davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy 
vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish 
mumkin emas. Chunki soliqlar byudjet daromadlarini tashkil etishning 
asosiy vositasi bo‘libgina qolmay, mahsulot ishlab chiqarish hajmini 
oshirishga, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda investitsiyalarni 
ko‘paytirishga, raqobatbardosh mahsulotlar sonining ortishiga, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, xususiy korxonalar 
ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga, 
umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘zining ichki va tashqi 
vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini 
soliqlar orqali to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy 
byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun 
moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchi shaxslarning tadbirkorlik 
faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga 
bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko‘rsatadi, 
aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida 
esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni 
tashkil etishga yordam beradi. 
U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning 
mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga xos 
umumiy belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi. 
Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, 
muayyan miqdorda ustama haq (foiz) to‘lash kabi umumiy belgilarga 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling