Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 1. Soliqqa tortish tamoyillarini ilk bora kim asoslab bergan? 2. Soliqqa tortishning yetarlilik tamoyilining mohiyatini ochib bering. 47 3. Soliqqa tortishning tadbirkorlik va investitsiyalarni rag‘batlan- tirish tamoyilini tushuntiring. 4. Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili nima va siz uni qanday tushunasiz? 5. Soliqqa tortishning oddiylik va xolislik tamoyili nima va unga sizning munosabatingiz? 6. Soliqqa tortishning boshqarishga qulaylik tamoyilining mohiyati nimada? 7. Soliqqa tortishning soliqlarni yig‘ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish tamoyili, deganda nimani tushunasiz? 8. Soliqqa tortishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyilini tu- shuntiring. 9. Soliq kodeksining qaysi moddasida soliqqa tortish tamoyillari keltirilgan? 10. Soliq kodeksida belgilab berilgan soliq tamoyillarining mohi- yatini tushuntiring. 48 II BOB. O‘ZBEKISTON SOLIQ TIZIMI ASOSLARI 2.1. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga umumiy tavsif Iqtisodiy adabiyotlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tizimi, deb tushuniladi. Soliqlarni joriy qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli. 16 Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi. Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; 2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 3) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 4) aksiz solig‘i; 5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; 6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat soliqlari har yili O‘zbekiston Republikasi Prezidentining qarorida belgilangan normativlar bo‘yicha tegishli mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi. 7) davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar: yagona ijtimoiy to‘lov; Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov belgilangan tartibga muvofiq davlat maqsadli jamg‘armalari (byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi) hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi o‘rtasida taqsimlanadi. fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari; davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar; Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar; 16 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: «O‘zbekiston», 2017. 123-modda Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling