Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
Soddalashtirilgan soliq
tizimiga o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslar 52 bundan mustasno), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i hamda boshqa mahalliy soliqlar va majburiy to‘lovlar (ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im bundan mustasno) o‘rniga byudjetga 2007-yil 1-yanvardan boshlab soliq solishning boshqa tizimini tanlash huquqisiz yagona soliq to‘lovini to‘laydilar. 3. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari (aksiz solig‘i va tovarlarni import qilganlik uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini istisno etganda) amaldagi barcha umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar o‘rniga o‘zi yetishtiradigan qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha yagona yer solig‘ini to‘laydilar. Yagona yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi. 4. Konchilik sanoati tarmoqlarining ayrim korxonalari uchun qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lanishini nazarda tutadigan foydaning bir qismiga soliq solishning alohida tartibi joriy etilishi mumkin. Qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lovchilar, uni hisoblash va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi asosida belgilanadi. 5. Lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq o‘rniga yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovini to‘laydilar. Yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovi stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 1. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tizimi, deganda nimani tushunasiz? 2. Soliqlar qaysi davlat organi tomonidan joriy qilinadi? 3. Umumdavlat soliqlari tarkibiga qaysi soliqlar kiradi? 4. Mahalliy soliqlar tarkibiga qaysi soliqlar kiradi? 5. Qaysi soliqlar mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi va qanday tartibda? 6. Qaysi mahalliy soliqlar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida undiriladi? 7. Soddalashtirilgan soliq tizimiga qanday yuridik va jismoniy shaxslar o‘tishi mumkin? 53 8. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qachondan boshlab yagona soliq to‘lovi to‘lashga o‘tdilar? 9. Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni sanab bering. 10. Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov qanday taqsimlanadi? 11. Soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga ajratishning sa- babi nimada deb o‘ylaysiz? Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling