Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar
o‘zgarishi,
punktda 1. Davlat byudjeti daromadlari – jami 100 100 100 100 100 X shu jumladan, 2. Egri soliqlar 51.9 51.8 52.9 55.1 54.6 +2.7 17 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yillik hisobot ma’lumotlari asosida hisoblangan. 18 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yillik hisobot ma’lumotlari asosida hisoblangan. 56 Yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar Mazkur tendensiyaning mavjudligi davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning hozirgi holati nuqtayi nazaridan ijobiy hisoblanadi. Buning sababi shundaki, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i iqtisodiy kon’yunkturaning o‘zgarishlariga bevosita bog‘liq bo‘lmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo‘yicha tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti ijtimoiy xarajatlarini o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi davlat byudjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kabi barqaror daromad manbalarini byudjet daromadlarining tarkibidagi yuqori salmog‘ini ta’minlashni taqozo qiladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘g‘ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langandir. Yevropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqori. Yevropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‘rsatkich 25- 30 foizni tashkil qiladi 19 . O‘zbekiston Respublikasi soliq qonun- chiligiga binoan soliqqa tortish maqsadida soliq to‘lovchilar yuridik va jismoniy shaxslarga bo‘lingan. O‘zbekiston Respub- likasining davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlarning hal qiluvchi asosiy qismini yuridik shaxslarning soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlari tashkil etadi. Yuridik shaxslar quyidagi umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydilar (2.2.1-chizma). Yuridik shaxslar soliq to‘lovchi bo‘lishi uchun yuridik shaxs maqomini olganidan tashqari, albatta biror ruxsat etilgan faoliyatdan daromad olgan bo‘lishlari zarur yoki tovar (ish, xizmat)lar sotishdan oborotga ega bo‘lishlari hamda statistika idoralarida, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan (kodga ega) bo‘lishlari shart. 19 Пансков В.П., Князев В.Г. Налоги и налогообложения. –М.: МЦФЭР, 2003. С. 57-59 57 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i (yagona soliq to‘lovi) Qo‘shilgan qiymat solig‘i Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Mol-mulk solig‘i Yer solig‘i (yagona yer solig‘i) Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov Fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari (huquqiy to‘lovchi yuridik shaxs hisoblanganligi uchun) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (huquqiy to‘lovchi yuridik shaxs hisoblanganligi uchun) Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling