Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Soliqqa tortishning so-
liqlarni yig‘ish jarayo- nini imkon qadar ar- zonlashtirish tamoyili Soliqqa tortishning so- liq stavkalarini qiyos- lash tamoyili 46 2. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar aniq bo‘lishi kerak. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida har bir soliq to‘lovchi qaysi soliqlar va majburiy to‘lovlarni qachon, qancha miqdorda hamda qay tartibda to‘lashi kerakligini aniq biladigan tarzda ifodalangan bo‘lishi kerak. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilashda, soliq to‘lovchilar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari aniqlangan bo‘lishi kerak (7-modda). 3. Soliq solish umumiydir. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi kerak (8-modda). Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi mumkin emas. 4. Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan yagonadir (9-modda). O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag‘larning erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 5. Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart (10-modda). Barchaning e’tibori uchun rasmiy e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanksiyani qo‘llashga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas. 6. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin qilinadi (11-modda). Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi prinsiplari ma’lum o‘xshashlikka ega bo‘lib, ularni amaliyotga tatbiq etish iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling