Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Soliqqa tortishning
oddiylik va xolislik tamoyili Soliqqa tortishning boshqarishga qulay- lik tamoyili 45 Ma’muriy boshqaruvchilik bilan soliqqa tortish tamoyillarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan maqsadga erishish o‘rtasida muvozanat saqlanib qolishi nihoyatda muhimdir. Murakkab tuzilgan choralarning samarasi kam bo‘ladi, ularni amalga oshirishdagi muvaffaqiyat ko‘pdan ko‘p axborot to‘plash va undan foydalanishga bog‘liq. Soliq xizmati va soliq madaniyatining rivojlanganlik darajasini ham hisobga olish kerak. Mazkur tamoyil davlat va soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarni yig‘ish uchun ketadigan xarajatlarni mumkin qadar kamaytirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun respublikamizda soliqqa tortish tartibini takomillashtirish bilan bir qatorda soliqlarni maqbullashtirish, kompyuter texnologiyalari, soliq axborotlarining to‘g‘riligini bevosita nazorat qilish usullarining qo‘llanilishi orqali soliq to‘lovchilarning xarajatlarini kamaytirish maqsadida davlat hisobidan saqlanadigan servis-markazlar, soliqqa tortish masalalari xususida soliq organlari tomonidan bepul maslahatxonalar tashkil etilgan. Soliq stavkalari boshqa davlatlardagi xuddi shunday soliqlarning stavkalari bilan qiyoslanishi, ya’ni mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bo‘lgan xo‘jalik faoliyati shart-sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qo‘yilgudek bo‘lsa, bu hol respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha, yengil sharoit yaratilsa, mamlakat byudjetiga salbiy ta’sir qiladi. Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni to‘liq hayotga tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida soliq qonunchiligi prinsiplari berilib, ular quyidagilardan iborat: 15 1. Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi shart (6-modda), ya’ni soliq to‘lash qonun bilan majbur qilib qo‘yiladi. Aslida majburiylik soliqlarning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqadi. Hech kimning zimmasiga Soliq kodeksida nazarda tutilmagan yoki uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas. 15 O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. -T.: «Adolat», 2018. 6-11 moddalar Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling