Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq manbayi
- Soliq bazasi
Soliqqa tortish predmeti - soliq solinadigan daromad, tovar oborot,
mol-mulk va boshqalarga bo‘lgan huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya’ni soliq solish obyekti bo‘lib biror-bir soliq predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer 23 uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq obyekti yoki soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda soliqni to‘lash majburiyati, ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz mumkinki, soliqqa tortish predmetiga egalik qilish huquqi soliq obyektini vujudga keltirsa, o‘z navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq subyektini yoki soliq to‘lovchisini namoyon etadi. Soliq manbayi - bu soliq to‘lovchining to‘laydigan soliqlari manbayi, ya’ni daromadi. Soliq obyekti va soliq manbayini bir-biridan farqlash lozim. Ayrim soliq turlari bo‘yicha, masalan, foydaga, yalpi daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq obyekti ham soliq manbayi ham bir xil bo‘ladi, ya’ni nima obyekt bo‘lsa, uning o‘zi manba hisoblanadi. Shu o‘rinda soliqqa tortish predmeti, soliq obyekti va soliq manbayini farqlash va ularning mohiyatini ochib berish uchun aniq soliq turi bo‘yicha ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Yer solig‘i bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, uning soliqqa tortish predmeti bo‘lib, yer uchastkasi maydoni, unga kimning egalik qilish huquqi mavjud bo‘lsa soliq obyekti paydo bo‘ladi va ushbu yer solig‘i qaysi manba hisobidan davlat byudjetiga to‘lansa, masalan, yerdan turli xil ko‘rinishda foydalanish natijasida olinadigan daromad uning manbayi hisoblanadi. Demak, soliqqa tortish predmeti o‘z-o‘zidan kimdadir soliq to‘lash majburiyatini vujudga keltirmaydi. Misolimizga qaytadigan bo‘lsak, yerga bo‘lgan huquqni joylardagi mahalliy hokimiyat organlari beradi va shu bilan birgalikda yerdan foydalanuvchida soliq to‘lash majburiyati vujudga keladi, chunki unda ushbu yer uchastkasidan foydalanish huquqi mavjud. Demak, soliq predmetiga kimning egalik qilish huquqi mavjud bo‘ladigan bo‘lsa, u soliq munosabatlarida soliq subyekti sifatida ishtirok etadi. Soliq bazasi - soliq obyektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi qo‘llaniladigan obyektning miqdoriga ham bog‘liq. Soliq bazasining miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan soliq obyektidan ruxsat etiladigan chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq bazasini soliq to‘lovchilarning mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat etiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, soliq bazasi soliq obyektidan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Masalan, soliq to‘lovchiga soliqdan imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bunday sharoitda soliq bazasi soliq obyektidan kichik, soliq obyekti qonunchilik bilan kengaytiriladigan bo‘lsa undan katta bo‘lishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling