195
Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
2-masala. Elektrostansiya hisobot davrida 38500 kub metr yer usti
suv resurslaridan, 44800 kub metr yer osti
suv resurslaridan
foydalangan.
Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
3-masala. Kommunal xo‘jaligi hisobot davrida 170 000 metr kub
hajmida aholi punktlarini suv bilan ta’minlangan. Shuningdek, o‘z
iste’moli uchun 27000 metr kub yer usti suv resurslaridan foydalangan.
Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan suv resusrlaridan
foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
4-masala. Sanoat korxonasi Toshkent shahar M.Ulug‘bek
tumani
DSIda ro‘yxatga olingan. Korxona hisobot davrida Toshkent viloyati
Qibray tumani hududidagi suv resurslaridan (yer usti manbalaridan)
28000 metr kub, o‘zi joylashgan tumandagi yer osti suv manbalaridan
12500 metr kub foydalangan.
Korxonaning hisobot davrida to‘lashi lozim bo‘lgan suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini aniqlang.
Korxona soliq hisob-kitobini qaysi tuman DSIga taqdim etadi va
soliqni to‘laydi?
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etishda
ko‘zda tutilgan maqsad nima?
2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilari
kimlar?
3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun
soliqni davlat byudjetiga
ta’minlab beradigan asosiy soliq to‘lovchilarni bilasizmi?
4. Soliqqa tortish obyekti qanday tartibda aniqlanadi?
5. Soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida belgilangan?
6. Qanday yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanilganlik
uchun soliqdan ozod etiladi?
7. Yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliq
bo‘yicha joriy to‘lovlarni qanday muddatda to‘laydilar?
196
8. Suv resurslaridan foydalanilganlik uchun
soliqning hisob-kitobi
davlat soliq xizmati organlariga qanday muddatda taqdim etiladi?
9. Soliq davri mobaynida mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan baza
o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchi suv resurslaridan
foydalanganlik
uchun soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim
etishga haqlimi?
10. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash
to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil
etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklariga qaysi davlat organi
tomonidan topshiriladi?
11. Suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliqni to‘lash
qanday
muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi?
12. Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
bo‘yicha joriy to‘lovlar summasi hisob-kitobga ko‘ra byudjetga
to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq
miqdorga
kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi qanday
huquqqa ega?
Do'stlaringiz bilan baham: