Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Soliq solish obyekti, ba-


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliq solish obyekti, ba-
zasi va soliq stavkalari


190
Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv 
yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar 
soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydi. 
Soliq to‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi 
yuzasidan solishtirib ko‘rish jarayonida olingan suvning hajmini 
aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv amalga oshirilgan davrdagi 
hisob-kitoblarda aks ettiradi. 
Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa 
ishlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida 
foydalaniladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliq to‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda 
foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun 
bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq to‘laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish 
maydonida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi 
uchun qurilish tashkiloti suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
to‘laydi. 
Yagona yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi 
korxonalari soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug‘oriladigan 
yerlarni sug‘orish uchun sarflanadigan suvning butun xo‘jalik bo‘yicha 
o‘rtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. 
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan 
dehqon xo‘jaliklari uchun soliq solinadigan baza soliq davrida bir gektar 
sug‘oriladigan yerlarni sug‘orish uchun sarflanadigan suvning butun 
xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha hajmidan kelib chiqqan holda davlat soliq 
xizmati organlari tomonidan aniqlanadi. 
Suvdan qishloq xo‘jalik ekinlari va ko‘chatlarini sug‘orish uchun 
foydalanadigan yordamchi xo‘jaliklarga ega yuridik shaxslar, 
shuningdek, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining o‘quv-
tajriba xo‘jaliklari soliqni qishloq xo‘jalik korxonalari uchun 
belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘laydilar. 
2018 yilda amalda bo‘lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliq stavkalari quyidagi jadval ma’lumotlarida keltirilgan (3.9.1-
jadval). 


191
3.9.1-jadval 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling