Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliq to‘lovchilar 
tarkibi


189
Soliq kodeksining 258-moddasiga 
muvofiq yer usti va yer osti manbalaridan 
olib foydalaniladigan suv resurslari soliq 
solish obyekti hisoblanadi.
Suv resurslarining yer usti manbalariga quyidagilar kiradi: daryolar, 
ko‘llar, suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, yer ustidagi boshqa 
suv havzalari hamda suv manbalari. 
Suv resurslarining yer osti manbalariga artezian quduqlari va 
skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa 
inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar kiradi. 
Foydalanilgan suv resurslarining hajmi soliq solish bazasi 
hisoblanadi. 
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv 
hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) hisobga olish 
hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari 
asosida aniqlanadi.
Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi 
suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va 
sanitariya normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‘orish 
normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa 
usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib 
foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini 
yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv 
keladigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilgan taqdirda, soliq 
solinadigan baza manbaning har bir turi bo‘yicha alohida-alohida 
aniqlanadi. Suv yetkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod 
tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan 
keladigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat 
soliq xizmati organlariga joriy soliq davrining 15 yanvariga qadar 
taqdim etishlari kerak. Davlat soliq xizmati organlari besh kun ichida 
ushbu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim. 
Soliq to‘lovchi issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bo‘yicha soliq 
solinadigan bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o‘zi 
foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. 
Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq 
solinadigan baza suv yetkazib beruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma 
tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling