Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi
43
 
43
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi «O‘zbekiston 
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 
qarorlari asosida tayyorlangan. 
Suv resurslaridan foy-
dalanganlik uchun so-
liqning joriy etilishi 


188
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliqning ahamiyati xilma-xildir. Suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliqning davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i 
2004-2008 yillarda 0,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda 0,3 foiz 
bo‘lgan. 2017 yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat 
byudjeti daromadlarining 0,5 foizini, mol-mulk solig‘i va resurs to‘lovlarida 
esa 3,5 foizni tashkil etmoqda (3.8.1-diagramma). 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi 
2270-sonli qaroriga asosan ushbu soliqdan tushumlar mahalliy 
byudjetlarning Davlat byudjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida 
to‘liq miqdorda mahalliy byudjetlar daromadiga o‘tkazilmoqda. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
to‘lovchilar bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi 
hududida suvdan foydalanishni yoki suv 
iste’molini amalga oshiruvchi quyidagi shaxslar 
hisoblanadi:
 yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
 faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan 
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari;
 tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka 
tartibdagi tadbirkorlar; 
 yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan 
dehqon xo‘jaliklari. 
O‘zbekistonda davlat byudjeti daromadlarini ushbu manba bo‘yicha 
ta’minlab beradigan asosiy soliq to‘lovchilar bo‘lib, Shirin GRES, 
Taxiyatosh GRES, Toshkent GRES va boshqa shu kabi GRESlar 
hisoblanishadi. 
Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni 
amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlariga ishlatiladigan 
suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchidir. 
Quyidagi yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliqni to‘lovchilar bo‘lmaydi: 
 notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirgan taqdirda belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatida 
foydalaniladigan suv hajmlari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliqni to‘lovchi bo‘ladi; 
 soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik 
shaxslar. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling