188
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliqning ahamiyati xilma-xildir.
Suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliqning davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i
2004-2008 yillarda 0,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda 0,3 foiz
bo‘lgan. 2017 yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat
byudjeti daromadlarining 0,5 foizini, mol-mulk solig‘i va resurs to‘lovlarida
esa 3,5 foizni tashkil etmoqda (3.8.1-diagramma).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi
2270-sonli qaroriga asosan ushbu soliqdan tushumlar mahalliy
byudjetlarning Davlat byudjetidagi ulushini ko‘paytirish
maqsadida
to‘liq miqdorda mahalliy byudjetlar daromadiga o‘tkazilmoqda.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
to‘lovchilar bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi
hududida suvdan foydalanishni yoki suv
iste’molini amalga oshiruvchi
quyidagi shaxslar
hisoblanadi:
yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan
O‘zbekiston
Respublikasi norezidentlari;
tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka
tartibdagi tadbirkorlar;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil
etmagan holda tuzilgan
dehqon xo‘jaliklari.
O‘zbekistonda davlat byudjeti daromadlarini ushbu manba bo‘yicha
ta’minlab beradigan asosiy soliq to‘lovchilar bo‘lib, Shirin GRES,
Taxiyatosh GRES, Toshkent GRES va boshqa shu kabi GRESlar
hisoblanishadi.
Aholi punktlarining suv ta’minoti
uchun suv yetkazib berishni
amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlariga ishlatiladigan
suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchidir.
Quyidagi yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun
soliqni to‘lovchilar bo‘lmaydi:
notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar
tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirgan taqdirda belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatida
foydalaniladigan suv hajmlari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliqni to‘lovchi bo‘ladi;
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi
nazarda tutilgan yuridik
shaxslar.
Do'stlaringiz bilan baham: