Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Yer solig‘i obyekti, ba-
zasi va soliq stavkalari
olinadigan yer solig‘i stavkalari, yuridik shaxslardan olinadigan yer 
solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab 
chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi 
tatbiq etiladi. 
Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish 
huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari 
uchun yer solig‘i to‘laydilar. 
Soliq qonunchiligiga ko‘ra, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, 
foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega 
bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining 
norezidentlari yer solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi. 
Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi yer 
solig‘ini to‘lovchi bo‘ladi. 
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan 
taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan 
maydonidagi o‘z ulushi uchun yer solig‘ini to‘lovchidir. 
Quyida keltirilgan yuridik shaxslar yer solig‘ini to‘lovchilar 
bo‘lmaydi: 
 notijorat tashkilotlar. Agar notijorat tashkilotlari tadbirkorlik 
faoliyati amalga oshirsalar, tadbirkorlik faoliyatida foydalanilgan yer 
uchastkalari bo‘yicha belgilangan tartibda yer solig‘i to‘lovchilar 
bo‘ladi; 
 soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik 
shaxslar. 
Yer uchastkasidan foydalanganlik uchun soliq solish maqsadlarida 
mashina-traktor parklari (shu jumladan qayta tashkil etilayotgan qishloq 
xo‘jalik korxonalari hududida barpo etiladigan muqobil mashina-traktor 
parklari), pilla urug‘i tayyorlash, pilla tayyorlash va birlamchi ishlov 
berish korxonalari qishloq xo‘jaligi korxonalariga tenglashtiriladi. 
Soliq kodeksining 280-moddasiga 
ko‘ra mulk huquqi, egalik qilish huquqi, 
foydalanish huquqi yoki ijara huquqi 
asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari soliq solish obyekti 
hisoblanadi. Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi: 
 aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari. Aholi 
punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari jumlasiga: maydonlar, 
ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari 
va boshqa shu kabi yerlar; 


178
 aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi 
uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, 
xiyobonlar, shuningdek, ariq tarmoqlari egallagan yerlar); 
 kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, 
maishiy chiqindilarni yig‘ish, qaytadan ortish va saralash joylari, 
shuningdek, chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish 
joylari va boshqa shu kabi joylar); 
 zaxira yerlar. 
Mavjud yer uchastkalaridan qonun hujjatlariga muvofiq soliq 
solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi 
umumiy maydoni soliq solinadigan bazadir. 
Qaysi yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, 
foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to‘lovchiga 
o‘tgan bo‘lsa, o‘sha yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer 
uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan 
e’tiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni 
kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni 
kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. 
Yuridik shaxslarda yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqlari vujudga 
kelgan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan 
oydan e’tiboran kamaytiriladi. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqi 
bekor qilingan taqdirda, soliq solinadigan baza ushbu huquq bekor 
qilinganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi 
(ko‘paytiriladi). 
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga 
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi va ularning quyi organlari 
tomonidan belgilangan tartibda yetkaziladi. 
Yer solig‘i stavkalari jahon amaliyotida qabul qilinganidek, yer 
qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Yer solig‘i stavkalari turli 
mamlakatlarda turlicha belgilanadi, lekin o‘rtacha olganda yer 
qiymatining 5 foizidan oshmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida yerning bozor qiymati 
shakllanmaganligi sababli, 1 gektar sug‘oriladigan yerdan olinadigan 
dehqonchilik yalpi mahsulotining o‘rtacha qiymatidan kelib chiqib, uni 
shartli baholash amalga oshiriladi. 
Soliq stavkalarini belgilashda tuproq boniteti (sifati) hisobga 
olinadi. Bonitetni aniqlashda tuproqning genetik kelib chiqishi, mexanik 
tarkibi, sho‘rlanganlik darajasi, tuproq qatlamining suv o‘tkazaolishi, 


179
zichligi kabi boshqa tabiiy xossalari hisobga olinadi. Tuproq boniteti 
100 balli tizim bo‘yicha aniqlanadi. 100 ball 10 ta klassga bo‘linadi, 
ya’ni 1 klass yerlar nol balldan 10 ballgacha, 2 klass yerlar 11 balldan 20 
ballgacha, 3 klass yerlar 21 balldan 30 ballgacha va h.k. 10 klass yerlar 
91 balldan 100 ballgacha baholanadi. Bunda yerning ball boniteti qancha 
yuqori bo‘lsa soliq stavkasi ham shuncha yuqori belgilanadi. 
Yerlardan noqishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanadigan yuridik 
shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 
2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat 
byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-sonli qaroriga asosan 
quyidagicha guruhlanadi: 
 sug‘oriladigan jamoat qishloq xo‘jaligi yerlari uchun 
undiriladigan yer solig‘i stavkalari; 
 lalmi ekinzorlar, bo‘z yerlar va ko‘p yillik ko‘chatlar uchun 
undiriladigan yer solig‘i stavkalari; 
 sug‘orilmaydigan pichanzorlar va yaylovlar uchun undiriladigan 
yer solig‘i stavkalari; 
 qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida foydalanilmaydigan 
boshqa yerlar uchun undiriladigan yer solig‘i stavkalari; 
 Toshkent shahrida yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer 
solig‘i stavkalari; 
 shaharlar va qo‘rg‘onlarda yer uchastkalaridan foydalanganlik 
uchun yer solig‘i stavkalari; 
 qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik 
uchun yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari; 
 qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik 
uchun fuqarolardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari. 
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki 
ijarachining aybi bilan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashgan 
(bonitet balli pasaygan) taqdirda, yer solig‘i yerning sifati 
yomonlashguniga qadar belgilangan stavkalar bo‘yicha yuridik shaxslar 
tomonidan to‘lanadi. 
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan 
qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig‘i qishloq 
xo‘jaligi yerlari uchun belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida 
to‘lanadi. 
Yuridik shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer solig‘ini 
to‘lashdan ozod etilgan), davlat mahalliy hokimiyati organlari 


180
tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha yer uchastkalari uchun yer 
solig‘i yuridik shaxslar uchun 4,0 koeffitsiyentini qo‘llagan holda 
to‘lanadi. Davlat mahalliy hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan 
maydonlardan ortiqcha foydalaniladigan yerlar uchun yuqorida 
ko‘rsatilgan koeffitsiyentni qo‘llagan holda yer solig‘i to‘lanmagan 
taqdirda soliq to‘lovchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq 
moliyaviy jazo choralari qo‘llanadi. 
Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik 
uchun yuridik shaxslar va fuqarolardan undiriladigan yer solig‘i 
stavkalariga yer uchastkalarining joylashish joyiga bog‘liq holda 
quyidagi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi: 
 Toshkent shahri atrofisda 20 km lik aylanada - 1.30; 
 Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti va viloyat markazlari 
atrofida 15 km lik aylanada - 1.20; 
 tuman markazlari atrofida 10 km lik aylanada - 1,15; 
 boshqa shaharlar atrofida 5 km lik aylanada - 1,10. 
Yer uchastkalarigacha bo‘lgan masofa avtomobil yo‘llari bo‘yicha 
shaharlar va tuman markazlarining ma’muriy chegaralaridan boshlab 
belgilanadi. Agar yer uchastkasi ikki shahar yaqinida joylashgan bo‘lsa, 
shaharning yuqoriroq funksional vazifasiga muvofiq keladigan 
koeffitsiyent qo‘llaniladi. 
Bir qishloq aholi punkti doirasida yagona stavkalarni belgilash 
maqsadida soliq to‘lovchilarga berilgan yerlar, yerlarning qanday qismi 
ushbu zonaga kirishiga bog‘liq holda, butunlay shahar atrofi zonasiga 
kiritiladi yoki ushbu zonadan butunlay chiqariladi. 
Dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘ini hisoblab 
chiqarish chog‘ida qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan 
foydalanganlik uchun fuqarolardan undiriladigan yer solig‘i stavkalarig, 
yer sifatiga bog‘liq holda quyidagi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi: 
 tuproq boniteti 40 ballgacha bo‘lsa - 0,75; 
 tuproq boniteti 41 dan 70 ballgacha bo‘lsa - 1,0; 
 tuproq boniteti 70 balldan ortiq bo‘lsa - 1,25. 
Shahar va qo‘rg‘onlarning ma’muriy chegaralarida joylashgan kon 
va karerlar band etgan yerlar uchun soliq korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlar uchun belgilangan stavkalarga 0,1 koeffitsiyentini qo‘llagan 
holda to‘lanadi. 
O‘rmon xo‘jaliklarida mollarni o‘tlatish uchun foydalanilmaydigan 
yaylov yerlar uchun yer solig‘i boshqa yerlar uchun stavkalar bo‘yicha 
to‘lanadi. 


181
Soliq kodeksining 282-moddasiga 
muvofiq yer solig‘i to‘lashdan quyidagilar 
ozod qilinadi: 
 madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish tashkilotlari - o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga 
oshirishda foydalanadigan yer uchastkalari uchun;
 nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va 
«O‘zbekiston chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, 
ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 
yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan yuridik 
shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov 
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Mazkur 
imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga 
shtatda bo‘lgan xodimlar kiritiladi;
 ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari - yuridik 
shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish 
to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan 
e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda 
tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat 
qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi hamda 
soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda 
undiriladi. 
Soliq kodeksining 282-moddasiga ko‘ra soliq solinmaydigan yer 
uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi: 
 bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining 
umumiy foydalanishdagi (kirish yo‘llari, sug‘orish ariqlari, kollektorlar 
va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa garajlarining yerlari;
 davlat qo‘riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma 
qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, 
buyurtma qo‘riqxonalarning (ovchilik xo‘jaliklarida tashkil etiladigan 
buyurtma qo‘riqxonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat 
biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning yerlari, yuqorida ko‘rsatilgan 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan 
yerlari bundan mustasno;
 sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati 
yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - tegishli muassasalar va 
tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga berilgan, 
profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy 
shifobaxsh omillarga ega bo‘lgan yer uchastkalari;

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling