Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Soliq bo‘yicha taqdim
etilgan imtiyozlar 192 qo‘llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan baza quyidagi hajmlarga kamaytiriladi: sog‘liqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari hajmiga, bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqazib olinadigan yer osti suvlari hajmiga, ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno; shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga qaytarib quyiladigan yer osti suvlari hajmiga, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; gidroelektr stansiyalari gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv hajmiga; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmiga. Soliq kodeksining 262-moddasiga ko‘ra suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning soliq davri kalendar yil hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagilar tomonidan yiliga bir marta taqdim etiladi: yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo‘jaligi korxonalari bundan mustasno) - yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda; yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan - joriy soliq davrining 15 dekabrigacha; O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari, Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling