206
summalar soliq to‘lovchiga uning yozma arizasiga ko‘ra o‘ttiz kun ichida
qaytariladi yoki bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi.
Mavzuga doir masalalar
1-masala. Neft qazib oluvchi korxona hisobot davrida 1600 tonna
neft qazib olgan. Korxona qayta ishlash uchun 10600 ming so‘mga
(QQS va aksiz solig‘isiz) realizatsiya qilgan.
Korxonaning hisobot davrida to‘lashi lozim bo‘lgan yer
qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasini aniqlang?
2-masala. Ko‘mir qazib oluvchi korxona hisobot davrida 1900
tonna ko‘mir qazib olgan va uning 45 foizini 84000 ming so‘mga
realizatsiya qilgan.
Korxonaning to‘lashi lozim bo‘lgan yer qa’ridan foydalanganlik
uchun soliq summasini hisoblang?
3-masala. Korxona hisobot davrida 2500 tonna temir rudasini qazib
olib, uning bir qismini 13000 ming so‘mga QQS bilan realizatsiya
qilgan.
Korxonaning to‘lashi lozim bo‘lgan yer qa’ridan foydalanganlik
uchun soliq summasini hisoblang?
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
1. Yer qa’ridan foydalanganda soliqqa tortishning zarurligi nimada?
2. Bonuslar nima?
3. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumi asosan qaysi yer
osti qazilma boyliklari hissasiga to‘g‘ri keladi?
4. Respublikamizda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni
to‘lovchi bo‘lgan qanday yirik korxonalarni bilasiz?
5. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliq tushumining asosiy
qismi respublikamizning qaysi hududlari hissasiga to‘g‘ri keladi?
6. Yer qa’ridan foydalanganda soliqqa tortish obyekti va bazasi
qanday aniqlanadi?
7. Qaysi mezonlar asosida soliq stavkalari tabaqalashtiriladi?
8. Hozirgi vaqtda yer osti qazilma boyliklarning nechta turiga
nisbatan soliq stavkalari belgilangan?
207
9. Soliq kodeksida yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliqdan
imtiyozlar ko‘zda tutilganmi?
10. Soliq to‘lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida kavlab
olingan hamda o‘zining xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun
foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar soliq solish obyekti
bo‘ladimi?
11. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi
davlat
soliq xizmati organlariga qanday muddatlarda taqdim etiladi?
12. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash qanday
muddatlarda amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: