Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Soliq to‘lovchilar, so-
liqqa tortish obyekti va bazasi 200 tadqiq qilish va qazib olish mumkin bo‘lgan makon, foydali qazilmalar deganda - iqtisodiy va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega geologik hosilalar qaraladi. Tarkibida rangli, nodir, asl, qora metallar va boshqa mineral xom ashyo bo‘lgan rudalarni bir korxona qazib olib, uni bundan keyin qayta ishlash uchun boshqa korxonalarga bersa (eksport bundan mustasno), qazib olinadigan rudani qayta ishlaydigan va soliq stavkasi belgilangan tayyor mahsulot chiqaradigan korxona soliq to‘lovchi hisoblanadi. Masalan, Olmaliq mis qazib olish korxonasi tarkibida mis bo‘lgan, qazib olingan rudani boyitish fabrikasiga beradi, fabrika boyitilgan rudani Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatining mis eritish zavodiga topshiradi. Kombinat tayyor mahsulot - tozalangan mis chiqaradi, soliq stavkasi ham unga belgilangan. Mazkur holatda rudani qazib oluvchi korxona emas, balki tozalangan misni olganlik uchun kombinat soliq to‘lovchi hisoblanadi. Respublikamizda ushbu soliqning asosiy qismini davlat byudjetiga ta’minlab beruvchi eng yirik soliq to‘lovchilar bo‘lib, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati, Navoiy kon metallurgiya kombinati, Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari, Sho‘rtan va Muborak gazni qayta ishlaydigan zavodlari, Navoiy oltinni qayta ishlaydigan korxona shuningdek, Angren ko‘mir qazib oluvchi korxona va boshqa shu kabi yer osti boyliklarini qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi yirik korxonalar hisoblanadi. Ruda qayta ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yuklab jo‘natilgan yoki eksport qilingan taqdirda rudani qazib olgan korxona soliq to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. Soliq kodeksining 244-moddasiga ko‘ra kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir. Tayyor mahsulotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish maqsadida o‘z iste’moli va boshqa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan foydali qazilma (foydali komponent) tayyor mahsulot deb e’tirof etiladi. Soliq solish obyekti tayyor mahsulotning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Uglevodorodlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir: 201 sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlovdan o‘tkazilgan kavlab olingan uglevodorodlar, shu jumladan qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar; uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi kavlab olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar. Qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq solish obyekti bo‘lmaydi. Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun soliq solish obyektidir. Quyidagilar qattiq foydali qazilmalar bo‘yicha soliq solish obyektidir: kavlab olingan (shu jumladan qo‘shilib chiqadigan) foydali qazilmalar; foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar. Soliq to‘lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida kavlab olingan hamda o‘zining xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar soliq solish obyekti bo‘lmaydi. Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish uchun kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati soliq solinadigan bazadir. Hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot bo‘yicha alohida, pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Hisobot davrida tayyor mahsulot realizatsiya qilinmagan bo‘lsa, soliq solinadigan baza realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi 202 hisobot davrida tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning o‘rtacha olingan bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Tayyor mahsulot umuman realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq solinadigan baza hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni kavlab olishning (ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq to‘lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan o‘sha hisobot davrida hisoblangan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasiga hisobot davrida tarkib topgan o‘rtacha olingan bahodan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart. Tayyor mahsulot tannarxidan past bahoda realizatsiya qilingan yoki topshirilgan taqdirda o‘rtacha olingan bahoni hisob-kitob qilish uchun tannarx qabul qilinadi, lekin u deklaratsiya qilinayotgan baholardan yuqori bo‘lmasligi kerak. Tayyor mahsulot (tayyor mahsulotning bir qismi) boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lgan yoki tayyor mahsulot (qayta ishlab hosil qilingan mahsulot) o‘zining ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday mahsulot uchun soliq solinadigan baza kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi va soliq to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda yetkaziladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda qazib olinadigan xom-ashyo turlari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning tabaqalashtirilgan stavkalari belgilangan. Foydali qazilmalarni qazib olishning tabiiy noqulay sharoitda ishlaydigan konlar davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda qo‘llab quvvatlanadi. Ularga nisbatan pasaytirilgan soliq stavkalarni joriy etish orqali bunday korxonalar ishlab chiqarishini rivojlantirish va zamonaviylashtirishga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi vaqtda jami 55 turdagi foydali qazilmalarga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda soliq stavkalari o‘rnatilgan. 2018-yil 1-yanvardan boshlab yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilangan. Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling