Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Belgilangan muddatlarda tu-
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Belgilangan muddatlarda tu-
gallanmagan qurilish obyekt- lari va me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskuna uchun mol-mulk solig‘ini to‘lash tartibi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida to‘lov xabarnomasini yozib beradi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay to‘lanishi kerak. Normativ muddatlarda tugallan- magan qurilish obyekti uchun mol- mulk solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib qurilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, ya’ni buyurtmachilar hisoblanadi. Soliqqa tortish obyekti bo‘lib, normativ muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektining qiymati, ya’ni buyurtmachi tomonidan F-3 shaklida (bajarilgan ishlar va xarajatlar hajmi to‘g‘risida ma’lumotnoma) rasmiylashtirilgan statistika hisobiga obyekt bo‘yicha kiritilgan va tugallanmagan qurilish hisobvarag‘ida hisoblanadigan barcha ishlar va xarajatlar hajmi hisoblanadi. Qurilishning me’yoriy muddati deb qurilishni tashkil qilish loyihasi (QTQL) tarkibida 1.04.03-85-son QMQ «Korxonalar, binolar va inshootlarni qurish muddati me’yorlari»ga muvofiq loyihalash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan obyekt qurilishining me’yoriy muddati hisoblanadi. Loyihalash tashkilotlari loyiha-smeta hujjatlarida tayyorlash muddatlarini ajratgan holda qurilish muddati me’yorini ko‘rsatishlari shart. Loyiha-smeta hujjatlarida qurilish muddati me’yori ko‘rsatilmagan taqdirda, buyurtmachi loyihalash tashkilotidan muayyan obyekt bo‘yicha qurilish muddatining me’yori to‘g‘risida xulosa olishga majbur. Belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib kapital mablag‘lar hisobiga qayta jihozlanadigan obyektlarda montaj qilish talab qilinadigan va o‘rnatishga belgilangan texnologik, energetik va ishlab chiqarish uskunalari bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi. Belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun soliq solish obyekti bo‘lib o‘rnatishga belgilangan uskunalar qiymati hisoblanadi, ular qatoriga montaj qilishni talab qiladigan, faqat qismlarini yig‘ish va poydevorga yoki ustunlarga, polga, qavatlararo to‘siqlarga va boshqa bino va inshootlarni ko‘tarib turuvchi konstruksiyalarga o‘rnatiladigan uskunalar hamda uskunalarni hisobga olish hisobvarag‘ida hisoblanadigan shunday uskunalarning ehtiyot 173 qismlar to‘plami (belgilangan muddatda o‘rnatilmagan uskunalar qismida) hisoblanadi. Ushbu uskunalar tarkibiga o‘rnatiladigan uskunalar qatorida montaj qilish uchun belgilangan nazorat-o‘lchov apparaturasi yoki boshqa asboblar ham kiradi. Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida tasdiqlangan qurilish muddati va tayyorlab qo‘yilgan zaxiralar me’yoriga muvofiq har bir obyekt bo‘yicha texnologik yoki boshqa uskunalarni yetkazib berish va montaj qilish jadvali belgilangan bo‘lishi lozim. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarni yetkazib berish va montaj qilish jadvalida quyidagi muddatlarda topshirish hisobga olinadi: yirik texnologiya va energetika uskunalari - ularni nomma-nom ro‘yxatlari bo‘yicha montaj qilish va yetkazib berish jadvallarining rejadagi muddati o‘tib ketgandan keyin; texnologiya uskunalari, texnologiya liniyalari, qurilmalar va boshqa umumzavod uskunalari - uskunalarni montajga topshirishining rejadagi muddati o‘tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda; komplekt import uskunalari - ularni montajga topshirishning rejadagi muddati o‘tib ketgandan keyin, lekin bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga, agar texnik shart-sharoitlariga ko‘ra uskunani qismlar bo‘yicha montaj qilish mumkin bo‘lmasa, ularni montajga topshirish muddati uskunalar butun komplektining kelib tushishi paytidan hisoblanadi; qismlarga ajratilgan import uskunalari, shuningdek, kabel mahsulotlari, simlar va troslar - ularni montajga topshirishning rejadagi muddati o‘tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda. Uskunalarni montaj qilish va o‘rnatish uchun me’yorlar va jadvallar bo‘lmaganida soliq quyidagi muddatlarda to‘lanadi: ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo‘yicha mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarning o‘rnatilmaganligi uchun - sotib olinganiga bir yillik muddat to‘lganidan keyingi oydan boshlab; noishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo‘yicha - sotib olinganiga olti oy tugagandan keyin; Uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishning yuqorida ko‘rsatilgan muddatlarini buzganligi uchun korxona va tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan 174 tashqari, mol-mulk solig‘ini ikki baravar ko‘paytirilgan stavka bo‘yicha to‘laydilar. Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling