Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning STAVKALARI 41 T/r To‘lovchilar Soliq stavkasi, soliq
Mol-mulk solig‘i stavka-
lari, soliqdan imtiyozlar nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lash nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmog‘idan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida belgilanadi. 2015 yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilangan (3.5.1-jadval): 3.5.1-jadval Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning STAVKALARI 41 T/r To‘lovchilar Soliq stavkasi, soliq solinadigan bazaga nisbatan foizda 1. Yuridik shaxslar 5 Belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskunalar uchun mol-mulk solig‘i ikki baravar miqdorda to‘lanadi. Bundan tashqari tugallanmagan qurilish va belgilangan (meyoriy) muddatlarda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar qiymatiga pasaytirilgan stavkalar qo‘llanilmaydi. Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra yuridik shaxslarning mol- mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan baza quyidagilarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o‘rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi: kommunal xo‘jaligi obyektlarining. Kommunal xo‘jaligi obyektlariga quyidagilar kiradi: vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish inshootlari bilan), kanalizatsiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), gaz va issiqlikni taqsimlash tarmoqlari (ulardagi inshootlar bilan), kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun qozonxonalar (shu jumladan asbob- uskunalar); madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha obyektlarining; 41 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-sonli qaroridan olindi. 169 sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari obyektlarining; tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlarning. Obyektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong‘in xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlarga kiritish tegishli tabiatni muhofaza qilish yoki davlat yong‘in nazorati organining ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi; umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, magistral truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalarining, shuningdek, ushbu obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlarning; konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan asosiy ishlab chiqarish fondlarining; soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlarning. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan quyidagilar ozod qilinadi: sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy ta’minot, ta’lim, madaniyat va san’at tashkilotlari; uy-joy-kommunal xo‘jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaligi korxonalari. Uy-joy-kommunal va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaliklari jumlasiga uy-joy fondini bevosita boshqarish, saqlash hamda undan foydalanishni amalga oshiruvchi tashkilotlar, sanitariya tozalash va yig‘ishtirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shaharlar hamda shaharchalarni tashqi yoritish, vodoprovod suv olish inshootlaridan, taqsimlanadigan tarmoqlardan (tozalovchi inshootlari bilan) foydalanish va suvni taqsimlash, kanalizatsiya tarmoqlaridan foydalanish (tozalash inshootlari bilan), gaz taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish hamda gazni taqsimlash, qozonxona, issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish va kommunal-maishiy ehtiyojlarga hamda aholiga issiqlikni taqsimlashni bevosita amalga oshiruvchi tashkilotlar, xizmat binolarining xo‘jalik boshqarmalari, o‘t o‘chirish komandalari, uy-joy- kommunal xo‘jaligining xo‘jalik boshqarmalari, uy-joy-kommunal xo‘jaligi va shahar xo‘jaligining umumfuqaroviy ahamiyatga molik boshqa korxonalari kiradi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling