Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Mavzuga doir masalalar 
 
1-masala. Quyidagi ma’lumotlarga asosan aksiz solig‘ini hisoblang 
(ming so‘m): 
1. Korxonaning bir birlik mahsulot bahosi – 2200; 
2. Mahsulot uchun belgilangan aksiz solig‘i stavkasi – 25 foiz. 
 
2-masala. Quyidagi ma’lumotlarga asosan aksiz solig‘i va 
qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblang (ming so‘m): 
1. Hisobot davrida xarid qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati 
– 3800; 
2. Korxonaning mahsulot bahosi (egri soliqlarsiz) – 7000; 
3. Mahsulot uchun belgilangan aksiz solig‘i stavkasi – 11 foiz. 
 
3-masala. Korxona aksiz tovari bo‘lgan konyak ichimligini ishlab 
chiqarmoqda. 1 butilka (0.5 litr) konyakning egri soliqlarsiz narxi - 
12000 so‘mni tashkil etadi. Konyakning quvvati - 42 foiz. 
Konyak ichimligining egri soliqlarni o‘z ichiga olgan narxi va 
byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘ini aniqlang. 
 
4-masala. QQS to‘lovchisi bo‘lgan korxona qayta ishlashga 
berilgan xom-ashyo va materiallardan aksiz tovarini ishlab chiqarmoqda. 
Qayta ishlashga berilgan xom-ashyo va materiallarning qiymati 16500 
ming so‘mni tashkil etadi. Mazkur tovarni tayerlash bo‘yicha xizmatlar 
qiymati egri soliqlarsiz 6500 ming so‘m. Ishlab chiqarilayotgan 
tovarning aksiz solig‘i stavkasi 25 foizni tashkil etadi. 
Korxonaning byudjetga to‘laydigan QQS va aksiz solig‘i 
summalarini aniqlang. 
 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1. O‘zbekistonda aksiz solig‘i qachon joriy etilgan? 


164
O‘zbekiston Respublikasi 
soliq tizimida mol-mulk 
solig‘ining joriy etilishi va 
uning iqtisodiy mohiyati
 
2. Aksiz solig‘i to‘lovchilari qanday guruhlanadi? 
3. Aksiz tovarlarini aniqlash mezonlari qanday? 
4. Aksiz solig‘i obyekti nimalardan iborat? 
5. Aksiz solig‘ini solish bazasi qanday aniqlanadi? 
6. Aksiz solig‘i qanday hollarda solinmaydi? 
7. Aksiz solig‘i stavkalari va aksiz tovarlari ro‘yxati kim tomonidan 
belgilanadi? 
8. Aksiz solig‘ini hisobga olish tartibi qanday?  
9. Aksiz solig‘ining hisob-kitobini taqdim etish va soliqni to‘lash 
muddatlari qanday? 
10. Aksiz markalari qachon va nima maqsadda joriy etilgan? 
11. Qanday holatda aksizga tortiladigan tovarlar markalanmaydi? 
12. Aksiz markalarini xarid qilishga doir buyurtmanoma qaysi bank 
orqali amalga oshiriladi? 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling