Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aksiz solig‘i hisob-ki- toblarini taqdim etish va to‘lash tartibi
Izohlar:
1. Qat’iy miqdorlarda belgilangan aktsiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilish hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 2. "Jeneral Motors O‘zbekiston" AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gaz, qimmatbaho metallarga aktsiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 3. Neft mahsulotlari bo‘yicha aktsiz solig‘i summasi mablag‘larni uglevodorod xom ashyosi importini moliyalashtirish va ushbu maqsadlarga jalb etilgan kreditlarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek milliy valyutani ayirboshlash kursi o‘zgarishi munosabati bilan yuzaga keladigan salbiy kurs farqini qoplashga maqsadli yo‘naltirgan holda "O‘zneftmahsulot" AJning neftni qayta ishlash zavodlari tasarrufida qoladi. 158 Aksiz solig‘i hisob-ki- toblarini taqdim etish va to‘lash tartibi Ayrim rivojlangan davlatlarda, masalan, Fransiyada aksizlar tovarlarning natural birligiga nisbatan qat’iy stavkalarda belgilab qo‘yilgan 38 . AQShda aksiz soliqlari Federal ahamiyatga ega bo‘lgan soliq hisoblanadi. Lekin ularning davlat byudjeti daromadlarining hajmidagi salmog‘i nisbatan kichik. Aksiz solig‘i tamaki va alkogolli mahsulotlarga, transport xizmatlariga nisbatan joriy qilingan. Aksiz solig‘ining stavkasi 10 foizni tashkil etadi. Buyuk Britaniyada aksiz soliqlari egri soliqlarning tarkibida salmog‘iga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘idan keyingi o‘rinni egallaydi. Aksiz solig‘i yoqilg‘i, alkogol va tamaki mahsulotlariga, transport vositalari va xizmatlariga nisbatan joriy qilingan. Uning stavkalari 10 foizdan 30 foizgacha oraliqda tebranadi. Germaniyada aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning asosiy qismi Federal byudjetga o‘tkaziladi, faqat pivoga nisbatan joriy qilingan aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar federal byudjetga kelib tushmaydi. Aksiz solig‘ining stavkalari tovarlarga nisbatan foizlarda va qat’iy summada belgilangan. Masalan, sug‘urta bitimlari bo‘yicha aksiz solig‘ining stavkasi sug‘urta polisi summasining 12 foiz miqdorida belgilangan. Shampan vinosiga nisbatan belgilangan soliq stavkasi 0,75 litr uchun 2 evroni tashkil qiladi. Rossiya Federatsiyasida 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab, Soliq kodeksining 2-qismini kuchga kiritilishi munosabati bilan aksizlarni qo‘llash doirasi sezilarli darajada kengaytirildi, ya’ni an’anaviy aksiz solig‘i to‘lovchilar qatoriga ulgurji savdo tashkilotlari ham kiritildi. Rossiya Federatsiyasida aksiz solig‘ining davlat byudjeti daro- madlarining manbayi sifatidagi roli juda muhim bo‘lib, u aksiz soliqlari bo‘yicha tushum summalarini Federal byudjet daromadlari tarkibidagi salmog‘ini yuqori ekanligida namoyon bo‘ladi. Masalan, 2003 yilda aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning Rossiya Federal byudjeti daromadlari tarkibidagi salmog‘i 9,6 foizni tashkil qildi 39 . Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va aksiz solig‘ining belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Aksiz to‘lanadigan tovarlar olinayotganda yoki O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqarish 38 T.Malikov. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. –T.: Akademiya, 2002. 15-bet 39 Налоги и налогообложение. Учебник. -Санкт-Петербург: «ПИТЕР», 2003. С.190 159 uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘langan aksiz solig‘i summasi chegirib tashlanadi. Aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasini hisobvaraq- fakturada ajratib ko‘rsatishlari kerak. Olinayotgan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) bo‘yicha aksiz solig‘i summasi hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aksiz solig‘ining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi. Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga to‘g‘ri keladigan aksiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aksiz solig‘ining hisobvaraq- fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summasiga nisbatan amalga oshiriladi. Yuqoridagi qoidalar qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan aksiz to‘lanadigan tovarlar topshirilayotganda ham qayta ishlashga berilgan aksiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarning mulkdori aksiz solig‘i to‘laganligini tasdiqlashi sharti bilan qo‘llaniladi. Aksiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi (5- ilova). Soliq to‘lovchilar soliq davri mobaynida joriy to‘lovlarni kiritish orqali aksiz solig‘ini to‘laydilar. Aksiz solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davri uchun aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilishning taxmin qilinayotgan hajmi hamda aksiz solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan aksiz solig‘ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar. Aksiz solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har oyning 10-kunidan kechiktirmay yil choragi bo‘yicha aksiz solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘lanadi. Aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilishning taxmin qilinayotgan hajmidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘i summasi soliq davri uchun byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni byudjetga to‘lanishi lozim |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling