Qayumov Ahror dbg`I-60 2-mavzu. Foyda solig’i bo’yicha nazorat savollari


Download 250.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.10.2020
Hajmi250.32 Kb.
#137444
Bog'liq
2-topshiriq


 

Qayumov Ahror DBG`I-60  

 

2-mavzu. Foyda solig’i bo’yicha nazorat savollari. 

 

2-TOPSHIRIQ 



Savollar. 

 

1. 



Foyda solig’ining iqtisodiy mohiyati ва ahamiyati.  

2. 


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida foyda solig’ining byudjet  

          daromadlarida tutgan o’rni.   

3. 

Foyda solig’i to’lovchilari tarkibi.  



4. 

Foyda solig’ining soliq solish ob’ekti.  

 

Javoblar. 

1. 

Respublikamiz  ma‘muriy-buyruqbozlik  tizimidan  bozor  munosabatlariga 

o‘tishi tufayli mamlakatimiz xo‘jalik turmushida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y 

bera boshladi. Natijada mulkchilikning turli shakllari rivojlanishi, korxonalarning 

imkoniyatini  oshishi,  bozor  infrastrukturasi  rivojlanishi  bilan  majburiy 

ajratmalarning  avvalgi  tizimi  korxonalarning  xo‘jalik  yuritish  samaradorligini 

ta‘minlay olmay qoldi hamda ular bevosita va bilvosita investitsiya dasturlariga 

to‘sqinliq qila boshladi. Chunki, foydadan ajratma o‘zining iqtisodiy mohiyatiga 

ko‘ra faqat davlat korxonalari foydasidan ajratilishi lozim edi.  

Bozor  munosabatlari  rivojlanishi  bilan  iqtisodiyotni  soliqlar  yordamida 

tartibga solish xususan, foydadan ajratmalar o‘rniga daromad solig‘ini joriy etish 

zarurati paydo bo‘ldi va 1992 yildan boshlab barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi 

sub‘ektlar “Daromad” solig‘ini to‘lashga o‘tdilar. 

O‘zbekiston  Respublikasi  rubl  mintaqasida  qolib  turgan  vaqtda  daromad 

solig‘ini olishga o‘tish pul qadrsizlanishi tufayli ish xaqi o‘sishini cheklash uchun 


davlat  tomonidan  majburiy  chora  bo‘ldi.  Bunday  sharoitda  ishlab 

chiqaruvchilarning moliyaviy ahvoli yomonlasha boshladi. Natijada mahsulotga 

talab pasayib, sotishdan olingan tushum xajmi kamaygani holda, ular o‘z ishlab 

chiqarishlari  yo‘nalishini  o‘zgartirishga,  foyda  olmasalar  ham  juda  kata 

miqdorda  ishchilarga  ish  xaqi  to‘lashga  majbur  bo‘ldilar.  Bunday  holatda 

amaliyotda korxonalar hisobot davrida foyda bilan faoliyatlarini yakunlamasada 

daromad  solig‘ini  ish  xaqi  fondidan  belgilangan  stavkada  to‘lashga  majbur 

edilar.  

1995  yil  yanvar  oyidan  boshlab  soliqlarning  rag‘batlantiruvchi  rolini 

kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda korxonalarning foydasidan olinadigan 

soliq  joriy  etildi.  2008  yil  1  yanvardan  kuchga  kirgan  Soliq  kodeksining  23-

moddasiga  ko‘ra  yuridik  shaxslardan  olinadigan  foyda  solig‘i  umumdavlat 

soliqlari  tarkibiga  kirib,  u  davlat  budjeti  daromadlarini  shakllantirishda  asosiy 

manbalardan biri hisoblanadi. 

 

2. 

Budjet  tashkilotlari  va  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  tomonidan  soliq 

bo‘yicha  soliq  hisoboti  soliq  davri  yakunlariga  ko‘ra  taqdim  etiladi,  bundan 

matlubot kooperativlari mustasno. Bunda o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha 

jami  daromad  mavjud  bo‘lmagan  taqdirda  soliq  hisobotini  taqdim  etish  talab 

qilinmaydi. 

Agar  ushbu  moddada  boshqacha  qoida  belgilanmagan  bo‘lsa,  soliqni 

to‘lash  hisobot  (soliq)  davri  yakunlari  bo‘yicha,  tegishli  hisobot  (soliq)  davri 

uchun  soliq  hisobotini  taqdim  etish  muddatlaridan  kechiktirmay  amalga 

oshiriladi. 

Jami  daromadi  joriy  soliq  davridan  oldingi  soliq  davri  uchun  kiritilgan 

tuzatishlar  hisobga  olingan  holda  besh  milliard  so‘mdan  oshadigan  soliq 

to‘lovchilar ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab 

chiqarilgan  har  oylik  bo‘nak  to‘lovlarini  hisobot  davri  har  bir  oyining  yigirma 



uchinchi kunidan kechiktirmay to‘laydi. 

Joriy soliq davrining birinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik 

bo‘nak  to‘lovining  summasi  o‘tgan  soliq  davrining  oxirgi  choragida  to‘lanishi 

lozim bo‘lgan har oylik bo‘nak to‘lovi summasiga teng etib qabul qilinadi. 

Joriy soliq davrining ikkinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik 

bo‘nak  to‘lovining  summasi  joriy  yilning  birinchi  hisobot  davri  uchun  soliq 

hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘i summasining uchdan biriga 

teng etib qabul qilinadi. 

Joriy soliq davrining uchinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik 

bo‘nak to‘lovining summasi yarim yillik yakunlariga ko‘ra soliq hisoboti bo‘yicha 

hisoblab  chiqarilgan  foyda  solig‘ining  summasi  va  birinchi  chorak  yakunlari 

bo‘yicha  hisoblab  chiqarilgan  foyda  solig‘ining  summasi  o‘rtasidagi  farqning 

uchdan biriga teng etib qabul qilinadi. 

Joriy soliq davrining to‘rtinchi choragida to‘lanishi lozim bo‘lgan har oylik 

bo‘nak  to‘lovining  summasi  to‘qqiz  oylik  yakunlariga  ko‘ra  soliq  hisoboti 

bo‘yicha hisoblab chiqarilgan foyda solig‘ining summasi va yarim yillik yakunlari 

bo‘yicha  hisoblab  chiqarilgan  foyda  solig‘ining  summasi  o‘rtasidagi  farqning 

uchdan biriga teng etib qabul qilinadi. 

Agar ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab 

chiqarilgan har oylik bo‘nak to‘lovining summasi manfiy yoki nolga teng bo‘lsa, 

ko‘rsatilgan to‘lovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi. 

Soliq to‘lovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan, jami daromadi 

joriy hisobot davri mobaynida besh milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar 

har  oylik  bo‘nak  to‘lovlarini  bunday  oshib  ketish  sodir  bo‘lgan  to‘liq  chorak 

o‘tganidan keyin to‘laydi. 

Bo‘lish  yoki  ajratib  chiqarish  yo‘li  bilan  qayta  tashkil  etish  natijasida 

yangidan  tashkil  etilgan  yuridik  shaxs,  jami  daromadining  miqdoridan  qat’i 

nazar, har oylik bo‘nak to‘lovlarini, agar bo‘lish yoki ajratib chiqarish yo‘li bilan 



qayta  tashkil  etilgan  yuridik  shaxs  soliq  bo‘yicha  har  oylik  bo‘nak  to‘lovlarini 

bunday qayta tashkil etish amalga oshirilgan soliq davrida hisoblab chiqargan 

bo‘lsa, ikkita kelgusi soliq davri mobaynida to‘laydi. 

Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha hisobot (soliq) davri mobaynida 

to‘langan har oylik bo‘nak to‘lovlari summasi hisobot (soliq) davri uchun soliq 

hisoboti bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliqni to‘lash chog‘ida hisobga olinadi. 

Har oylik bo‘nak to‘lovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan 

amalga oshiriladi. 

Jami  yillik  daromadning  miqdoridan  qat’i  nazar,  soliq  hisobotini  soliq 

bo‘yicha faqat soliq davri yakunlari yuzasidan taqdim etuvchi soliq to‘lovchilar 

har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lamaydi. 

Soliq  to‘lovchi  tugatilganda  soliq  tugatish  yakunlanguniga  qadar 

to‘lanishi lozim. 

Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat 

soliq  xizmati  organi  har  oylik  bo‘nak  to‘lovlarini  hisoblashni  ro‘yxatdan 

o‘tkazuvchi organdan bunday axborot olingan oydan e’tiboran to‘xtatib turadi. 

Faoliyat  tiklangan  va  tugatish  jarayoni  to‘xtatilgan  taqdirda,  har  oylik 

bo‘nak  to‘lovlarini  hisoblash  ularni  hisoblash  to‘xtatilgan  oydan  e’tiboran 

tiklanadi.  

 

3. 

Quyidagilar  foyda  solig‘ining  soliq  to‘lovchilari  (294-modda)  deb  e’tirof 

etiladi: 

1)  O‘zbekiston  Respublikasining  soliq  rezidentlari  bo‘lgan  yuridik 

shaxslar; 

2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, 

shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasida  faoliyatni  doimiy  muassasalar  orqali 

amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari; 

3)  O‘zbekiston  Respublikasidagi  manbalardan  daromadlar  oluvchi 



O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar;  

4)  soliq  to‘lovchilar  konsolidatsiyalashgan  guruhining  mas’ul 

ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslar; 

5)  soliq  davrida  tovarlarni  (xizmatlarni)  realizatsiya  qilishdan  olgan 

daromadlari  bir  milliard  so‘mdan  ortiq  bo‘lgan  yoki  o‘z  ixtiyori  bilan  foyda 

solig‘ini to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar; 

6)  oddiy  shirkat  shartnomasi  (birgalikdagi  faoliyat  to‘g‘risidagi 

shartnoma)  doirasida  amalga  oshiriladigan  faoliyat  bo‘yicha  oddiy  shirkatning 

ishonchli shaxsi. 

Soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  ishtirokchilari 

(bundan buyon ushbu bo‘limda konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari deb 

yuritiladi)  soliq  to‘lovchilarning  konsolidatsiyalashgan  guruhi  bo‘yicha  foyda 

solig‘ining  mazkur  guruh  mas’ul  ishtirokchisi  tomonidan  hisoblab  chiqarish 

uchun  zarur  bo‘lgan  qismi  bo‘yicha  soliq  to‘lovchilarning  majburiyatlarini 

bajaradi. 

 

4. 

Foyda solig’ining ob’ekti quyidagilardir: 

Soliq  to‘lovchi  tomonidan  olingan  foyda  foyda  solig‘i  (295-modda) 

bo‘yicha soliq solish obyekti hisoblanadi.  

Ushbu bo‘lim maqsadida quyidagilar foyda deb e’tirof etiladi:  

1) yuridik shaxs uchun — ushbu bo‘limda nazarda tutilgan jami daromad 

va xarajatlar o‘rtasidagi farq; 

2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun 

—  Soliq  Kodeksning  49-bobida  belgilangan  o‘ziga  xos  xususiyatlar  inobatga 

olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan doimiy muassasaning faoliyati 

bilan bog‘liq bo‘lgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning 

faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan,  O‘zbekiston  Respublikasidan  tashqaridagi 

manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar o‘rtasidagi farq; 



3)  norezident  uchun  —  Soliq  Kodeksning  50-bobida  belgilangan 

xususiyatlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan 

olingan daromadlar; 

4)  yakka  tartibdagi  tadbirkor  uchun  —  Soliq  Kodeksning  51-bobida 

belgilangan  o‘ziga  xos  xususiyatlar  inobatga  olingan  holda,  ushbu  bo‘limda 

nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq; 

5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun — 

birgalikda ishlab chiqarilgan tovarni (ko‘rsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan 

olingan  daromad  va  birgalikda  ishlab  chiqarilib  realizatsiya  qilingan  tovarga 

(xizmatga) to‘g‘ri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag‘lar summasi 

o‘rtasidagi farq. 

 

 



 

 

Download 250.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling