Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Yer solig‘ini hisoblab 
chiqarish va 
byudjetga 
to‘lash 


185
chiqariladi va yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan 
yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 10 yanvariga qadar 
taqdim etiladi (7-ilova).
Yuridik shaxslar tomonidan yer solig‘ini hisoblab chiqarish soliq 
solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga 
oshiriladi.
Soliq solinadigan bazada (hisoblangan soliq summasida) soliq davri 
mobaynida o‘zgarish bo‘lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida 
davlat soliq xizmati organiga yer solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-
kitobini taqdim etishi shart.
Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinlarining umumiy 
maydonida va tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yagona yer solig‘ini 
to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari yer solig‘ining 
aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat soliq xizmati organiga joriy yilning 
1 dekabriga qadar taqdim etadi. 
Yil mobaynida yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tayotgan 
umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar - mikrofirmalar va kichik 
korxonalar umumbelgilangan soliqlar ular tomonidan to‘langan davr 
uchun er solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini yagona soliq 
to‘lovini to‘lashga o‘tilayotgan oyning 10-sanasidan kechiktirmay 
taqdim etadi.
Soliq davri mobaynida yer solig‘i to‘lashning belgilangan 
muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani 
to‘lash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan 
kechiktirmay amalga oshiriladi.
Yer solig‘ini to‘lash yuridik shaxslar tomonidan har oyning 10-
kuniga qadar yer solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi 
miqdorida amalga oshiriladi. 
Yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari 
tomonidan yer solig‘ini to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
 hisobot yilining 1 sentabriga qadar - yillik soliq summasining 30 
foizi;
 hisobot yilining 1 dekabriga qadar - soliqning qolgan summasi. 
Soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to‘langan 
taqdirda, agar boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarz mavjud 
bo‘lmasa, ushbu summalar soliq to‘lovchiga o‘ttiz kun ichida uning 
yozma arizasi bo‘yicha qaytariladi yoki bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga qayd 
etiladi. 


186
Yer solig‘i, soliq to‘lovchining joylashgan eridan qat’iy nazar 
hududida yer uchastkasi joylashgan tuman yoki shaharning mahalliy 
byudjetiga to‘lanadi. Agar yer uchastkasi ham tuman, ham shahar 
hududida joylashgan bo‘lsa, soliq xuddi shu tartibda to‘lanadi. 
Yuridik shaxslarning byudjet bilan yer solig‘i bo‘yicha hisob-
kitoblari buxgalteriya hisobi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni 
hisobga olish hisobvarag‘ida yuritiladi. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling