3.6. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i
1990-yilda O‘zbekistonda «Yer to‘g‘-
risida» qonun qabul qilindi va ushbu
qonunga ko‘ra yerga egalik qilish va yerdan
foydalanishning pullik bo‘lishi belgilandi
hamda yer uchun haq yillik yer solig‘i sifatida undiriladigan bo‘ldi.
1991 yilda «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan
soliqlar to‘g‘risida», 1993 yilda «Yer solig‘i to‘g‘risida» O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda yer solig‘ini undirishda soliqqa
tortish obyekti, subyektlari, soliq bo‘yicha imtiyozlar, soliqni hisoblash
va byudjetga to‘lash tartibi ko‘rsatib berildi. 1997 yilda Soliq
kodeksining qabul qilinishi hamda 1998 yildan uning kuchga kiritilishi
bilan yer solig‘ining to‘laqonli huquqiy asoslari yaratildi.
Yer solig‘i O‘zbekiston soliq tizimida mahalliy soliqlar tarkibiga
kiradi hamda mahalliy byudjetlarning barqaror daromad manbayi
hisoblanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i davlat byudjetining
soliqli daromadlarida yuqori ulushga ega bo‘lmay hozirgi vaqtda ushbu
soliqdan tushumlar davlat byudjetining 1.4 - 1.6 foizini tashkil etmoqda
(3.6.1- diagramma).
3.6.1-diagramma ma’lumotlariga ko‘ra davlat byudjeti daromad-
larida yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining salmog‘i 2012 yilda
2004 yilga nisbatan 0.9 foizli punktga kamayganligini kuzatish mumkin.
Yer solig‘i boshqa soliq turlaridan farqli o‘laroq, o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Jumladan, o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra u
renta to‘lovidir yoki boshqacha qilib aytganda ushbu soliq yer egalari va
yerdan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy
faoliyatining natijalari bilan bog‘liq emas. Demak, ushbu soliqni joriy
etilishidan maqsad – yerdan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish,
Yer solig‘ining huqu-
qiy asoslari, iqtisodiy
Do'stlaringiz bilan baham: |