Subyektlar faoliyatini boshqarishni axborotlar bilan ta`minlash va moliyaviy hisobotlardan foydalanish reja
Download 39.46 Kb.
|
Маъруза №2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
SUBYEKTLAR FAOLIYATINI BOSHQARISHNI AXBOROTLAR BILAN TA`MINLASH VA MOLIYAVIY HISOBOTLARDAN FOYDALANISH Reja: 1. Moliyaviy menejmentni tashkiliy va axborotlar ta`minot tizimining tuzilishi. 2. Tadbirkorlik moliyaviy menejmentining tizimida moliyaviy hisobotlar tushunchasi va ularning qo`llanilish xususiyatlari. 3. O`zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotlarni tashkil qilish va yuritishning huquqiy-me`yoriy asoslari 4. Moliyaviy hisobot va uni yuritish talablari.
1. Moliyaviy menejmentni tashkiliy va axborotlar ta`minot tizimining tuzilishi. Har qanday taraqqiy etgan davlat iqtisodiyotini ikkita yirik sektorga bo`lish mumkin – xususiy va davlat sektorlari. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyotning xususiy sektorini xo`jalik jamiyatlari va shirkatlari (AJ, MCHJ, QMJ, to`liq shirkat, kommandit shirkat), kooperativlar, xususiy korxonalar, fermer xo`jaliklari kabi tashkiliy-huquqiy shakllarga ega bo`lgan korxonalar namoyon etadi. Ushbu korxonalar xususiy sektorga tegishli bo`lishiga qaramay, ularning tashkiliy-huquqiy shakllari o`ziga xos xususiyatlarga ega. Ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi aktsiyalarning ma`lum soniga bo`lingan xo`jalik yurituvchi subyekt aktsiyadorlik jamiyati (AJ) deb e`tirof etiladi. AJ davlat ulushiga ega bo`lishi, davlat ulushiga ega bo`lmasligi va qo`shma korxonalar bo`lishi mumkin. Fuqarolik Kodeksiga ko`ra ustav fondi ta`sis hujjatlari bilan belgilangan miqdordagi ulushlarga bo`lingan bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta`sis etilgan jamiyat qo`shimcha mas`uliyatli jamiyat (QMJ) deb e`tirof etiladi. Bunday jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha o`z mol-mulki bilan jamiyatning ta`sis hujjatlari bilan belgilanib, ular tomonidan kiritilgan ulushlarning qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo`lgan katta miqdorda subsidiar javobgarlikka ega. Ustav fondi (ustav sarmoyasi) ta`sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlar ulushiga bo`lingan bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta`sis etilgan xo`jalik jamiyati mas`uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) deb e`tirof etiladi. Jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha javob berishmaydi va faqat ular tomonidan kiritilgan ulushlar chegarasida jamiyat faoliyati bilan bog`liq zararlar xatariga ega (O`zbekiston Respublikasining «Mas`uliyati cheklangan va qo`shimcha mas`uliyatli jamiyatlar to`g`risida»gi qonuni, 1-modda). Aktsiyadorlik va mas`uliyati cheklangan jamiyatlarini boshqarish ma`lum bir tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi:
Mehnat taqsimoti Vakolatlilik va majburiyat. Intizom Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiallik. Maqsadning yagonaligi tamoyili Shaxsiy manfaatlar bilan subyektning manfaatlarini qo`shib olib borish. Rag`batlantirish tamoyili Rejalilik. SHaxsiy tashabbuskorlik. Javobgarlik va tavakkalchilik. Boshqaruv etikasiga rioya etish. Boshqaruvning shakli va usullarini takomillashtirib borish. Korxonaning moliyaviy resurslari bu xo`jalik subyektlari ixtiyorida bo`lgan va moliyaviy majburiyatlarni, kengaytirilgan ishlab chiqarishni va ishchilarni moddiy rag`batlantirishni ta`minlaydigan pul daromadlari va tushumlaridir. Moliyaviy resurslarning dastlabki tashkil etilishi korxona tuzilayotgan paytda amalga oshadi. Korxonalarning boshqa tizimlar bilan o`zaro moliyaviy aloqalarida ikkita muhim o`zgarishni ta`kidlash lozim: sug`urta operatsiyalarining rivojlanishi va qaytarishsiz olinadigan subsidiyalar sohasini qisqarishi. 12.1-rasm. Bosh strategik maqsadlari va ayrim strategik vazifalarning bajarilishi strategiyasiga (ayrim strategik maqsadlarga erishishlar) qarab bosh va tezkor moliyaviy strategiyaga bo`linadi. Download 39.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling