12.2-rasm.
2. Tadbirkorlik moliyaviy menejmentining tizimida moliyaviy hisobotlar tushunchasi va ularning qo`llanilish xususiyatlari.
Aksionerlarning boyligi shu bilan aniqlanadiki aksiyalarning bozor bahosi bu esa koorporatsiyaning moliyaviy qarorlarini spektrida namoyon bo`ladigan, investitsiyalar, moliyalashtirish va firma aktivlarini boshqarishdir.
Aksinerlar, rahbariyat aksiyalari aksiyalarini narxini maksimallashtirish siyosatini olib borishlariga umid bildiradilar. Ammo koorporatsiya rahbarlari ham siz bilan bizdek insonlar, ular ham oldin o`z moddiy mustaqilligiga erishishga harakat qiladilar. Lekin kompaniyaning direktorlar kengashishining eng muhim funksiyasi, shunday rag`batlantirish tizimini tashkil etishni unda korporatsiya rahbariyati aksionerlarning foydasiga qarab ish yuritishi, ya`ni menejer va aksionerlarning foydalari tekis taqsimlansin. Tuzilmaviy jixatdan bu tizim unchalik murakkab emas. Quyida keltirilgan rag`batlantirishning uch usuli, kompaniya rahbariyati aksiyalarini narxini maksimallashtirishga imkon yaratadi.
Direktorlar kengashi shunday talab qo`yishi mumkinki unda menejerlar kompaniyaning yetarlicha ko`p daromadli aksiyalarini sotib olsin.
Oylik ish haqi, bonuslar, admenistratsiya optsionlari shunday amal qilsinki, yuqori natijalar uchun yuqori rag`batlantirish, yaxshi faoliyat ko`rsatmaganlar uchun qat`iy jazo qurilsin.
Ishdan haydashni real qilib qo`yish, agar ishchi o`z vazifasini to`la qonli bajarmasa va o`z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarasa.
qisqa muddatli moliyalash odatda ishlab chiqarish va talabning mavsumiy o`zgarishi va moliya bozorining vaqtinchalik tebranishi sababli hamda uzoq muddatli maqsadlarni ko`zlab qo`llaniladi.
Qisqa muddatli moliyalashning asosiy manbaalari quyidagilardan iboratdir:
Tijorat krediti
Bank qarzi
Bank aksepti
Moliyaviy kompaniyalarning sudlari
Tijorat qimmatbaho qog`ozlari
Debitorlik qarzlari va tovar-moddiy zaxiralar garoviga olingan ssudalar
Do'stlaringiz bilan baham: |