Mavzuga doir masalalar
1-masala. Fuqaro Sh.Karimovga tegishli bo‘lgan Toshkent shahar
Yunusobod tumanida joylashgan 4 xonali kvartiraning kadastr qiymati
12500 ming so‘mni tashkil etadi. Kvartiraning umumiy maydoni 92
kvadrat metr. Fuqaro Sh.Karimov hech qanday imtiyozga ega emas.
2018 yil uchun fuqaro Sh.Karimov tomonidan to‘lanishi lozim
bo‘lgan mol-mulk solig‘ini aniqlang?
2-masala. Fuqaro Sh.Pardayev Toshkent shahar Chilonzor
tumanida kvartira sotib oldi. Kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi 2018 yil
15 aprelda rasmiylashtirildi. Kvartiraning kadastr qiymati 8500 ming
so‘mni tashkil etadi. Kvartiraning umumiy maydoni 75 kvadrat metr.
Fuqaro Sh.Pardayev hech qanday imtiyozga ega emas.
2018 yil uchun fuqaro Sh.Pardayev tomonidan to‘lanishi lozim
bo‘lgan mol-mulk solig‘ini aniqlang?
3-masala. Fuqaro T.Komilovga tegishli bo‘lgan Toshkent shahar
Uchtepa tumanidagi 4 xonali kvartiraning kadastr qiymati 13850 ming
so‘m. Kvartiraning umumiy maydoni 84.5 kvadrat metrni tashkil etadi.
Fuqaro T.Komilov pensioner hisoblanadi.
2018 yil uchun fuqaro T.Komilov tomonidan to‘lanishi lozim
bo‘lgan mol-mulk solig‘ini aniqlang?
4-masala. Fuqaro A.Ahmedovning Toshent shahrining Chilonzor
va Olmazor tumanlarida kvartiralari bo‘lib, Chilonzor tumanidagi
kvartiraning kadastr qiymati 6350 ming so‘mni, umumiy maydoni esa
63 kvadrat metrni, Olmazor tumanidagi kvartiraning kadastr qiymati
7560 ming so‘mni, umumiy maydoni esa 72 kvadrat metrni tashkil etadi.
Fuqaro A.Ahmedov I guruh nogironi bo‘lib, imtiyozni olish huquqini
tasdiqlovchi hujjat davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan.
2018 yil uchun fuqaro A.Ahmedov tomonidan to‘lanishi lozim
bo‘lgan mol-mulk solig‘ini aniqlang?
219
Do'stlaringiz bilan baham: |