Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
Soliqlarni undirish
usullari 39 solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida har yili yangidan tasdiqlanadi. Ikkinchi usulda soliqni soliq subyektiga daromadni to‘laydigan yuridik shaxs hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish haqidan, xizmatchining maoshidan daromad solig‘i shu tariqa undiriladi. Soliq korxonada xodimning daromadni olguniga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlashni istisno qiladi, chunki soliq solinadigan daromad va soliq summasi aniq hisob-kitob qilib chiqiladi. Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar ko‘pincha soliq agenti sifatida qaraladi. Soliqning daromad manbayida to‘lanishi shuni anglatadiki, soliq uni deklaratsiyalar buyicha to‘lashdagi singari soliq idorasi tomonidan hisoblanib ushlab qolinmaydi, balki uni yuridik va jismoniy shaxs foydasiga to‘lovni amalga oshiradigan soliq agentlari to‘lov manbalari (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, boshqa ish beruvchilar)da hisoblaydilar va ushlab qoladilar. Uchinchi usul soliq to‘lovchilarning soliq idoralariga deklaratsiyalarni, ya’ni ularning olgan daromadlari va o‘zlariga tegishli bo‘lgan soliq imtiyozlari haqidagi rasmiy bayonotni berishni nazarda tutadi. Soliq idoralari soliq deklaratsiyasi va amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq miqdorini nazorat qiladilar. Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda, tadbirkorlik faoliyatidan, shuningdek, intellektual faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxslar (fan, adabiyot, san’at asarlarining mualliflari, kashfiyotlar, ixtirolar mualliflari, sanoat namunalarini yaratuvchilari va hokazo) daromadlari soliqqa tortiladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 1. Soliq elementlari tarkibiga nimalar kiradi? 2. Soliq obyekti nima? 3. Soliq agenti, deganda kimlarni tushunasiz? 4. Soliq stavkalari nima va u qanday turlarga bo‘linadi? 5. Proporsional soliq stavkalariga misollar keltiring. 6. Progressiv soliq stavkalari asosida qaysi soliq turi undiriladi? 7. Soliq imtiyozlari qanday turlarga bo‘linadi? 8. Soliq imtiyozlari qanday mezonlar asosida belgilanadi? 9. Soliqni undirishning qanday usullari mavjud? 10. Soliqlarni kadastrli undirishning qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling