Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf
-chizma. Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari
Download 3.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari so
1.3.4-chizma. Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari Soliq imtiyozlarini qo‘llash mexanizmidagi eng murakkab jarayon bu soliq imtiyozlarini belgilash mezonlarini adolatli tarzda belgilash hisoblanadi. Ammo, qayd etish joizki, soliq imtiyozlarini belgilash jahon amaliyotida har bir mamlakatning iqtisodiy siyosatining mazmun- Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari sohani rivoj- lantirishning ustuvorligiga qarab soliq to‘lovchilarning ijtimoiy holatiga qarab agar korxonalar importni o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarsa yoki mahsulotni eksport qilsa, muayyan darajada soliq imtiyozlari beriladi korxonada ishlovchilar tarkibidagi nogironlar, urush va mehnat faxriylari qonunchilikda belgilangan me’yor doirasini tashkil etsa respublikada kichik biznesni rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanganligi uchun ularga ixtiyoriy shaklda soliq tizimi qo‘llaniladi mahsulotlari eksporti hamda importbop mahsulotlarni ishlab chiqarish darajasiga qarab davlatlararo (xalqaro) bitimlarga ko‘ra ikki tomonlama soliq solinmaydi xalqaro iqtisodiy aloqalar darajasidan kelib chiqib 38 mohiyatidan kelib chiqib belgilanadi va shu jihatdan u turli davlatlarda turlicha bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida soliq imtiyozlarini belgilash muayyan mezonlar asosida amalga oshirilgan. Soliq imtiyozlarini soliq to‘lovchilarning ijtimoiy holatiga, respublikada qaysi sohani rivojlantirish ustuvorligiga, soliq to‘lovchilarning importning o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishi va mahsulotni eksport qilishi darajasiga hamda davlatlar o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarga asoslanib belgilangandir. Soliq imtiyozlarining mezonlarini to‘g‘ri, obyektiv aniqlash soliqlarning adolatlilik tamoyilini ifodasi sifatida yuzaga chiqadi. Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli mavjud: 1. Kadastrli. 2. Daromad manbayidan. 3. Daromad egasi daromadni olganidan so‘ng (deklaratsiya buyi- cha). Birinchi usul bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foy- dalaniladigan obyektlar (yer, imoratlar va shu kabilar)ning bahosi va o‘rtacha daromadliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan kadastr yoki reyestrdan foydalanilishini taqozo etadi. Yer kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir xildagi yer uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va boshqa belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun maydon birligining qator yillar uchun o‘rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma yer uchastkalari maydon birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga tenglashtiriladi. Soliqni to‘lashning kadastrli usulining o‘ziga xos xususiyati sifatida shuni ajratib ko‘rsatish kerakki, soliqning to‘lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo bog‘lik bo‘lmaydi, chunki bunday usulda mol- mulk uning taxmin qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar qo‘rg‘onlarida yer solig‘i stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar ayrim tumanlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo‘yicha kompleks tarzda baholash asos qilib olingan. Obyektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o‘rtacha da- romadliligi uning haqiqiy daromadliligidan jiddiy farqlanishi mumkin, shuning uchun bunday usul ko‘p jihatdan tarixiylik tusiga ega bo‘lishi mumkinki, undan soliq tizimi uncha rivojlanmagan holatda qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida yer solig‘i kadastrli usulda undiriladi. Bunda yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi yer Download 3.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling