Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/214
Sana17.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1782360
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   214
Bog'liq
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1. Soliqqa tortish tamoyillarini ilk bora kim asoslab bergan? 
2. Soliqqa tortishning yetarlilik tamoyilining mohiyatini ochib 
bering. 


47
3. Soliqqa tortishning tadbirkorlik va investitsiyalarni rag‘batlan-
tirish tamoyilini tushuntiring. 
4. Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili nima va siz uni qanday 
tushunasiz? 
5. Soliqqa tortishning oddiylik va xolislik tamoyili nima va unga 
sizning munosabatingiz?
6. Soliqqa tortishning boshqarishga qulaylik tamoyilining mohiyati 
nimada? 
7. Soliqqa tortishning soliqlarni yig‘ish jarayonini imkon qadar 
arzonlashtirish tamoyili, deganda nimani tushunasiz? 
8. Soliqqa tortishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyilini tu-
shuntiring. 
9. Soliq kodeksining qaysi moddasida soliqqa tortish tamoyillari 
keltirilgan? 
10. Soliq kodeksida belgilab berilgan soliq tamoyillarining mohi-
yatini tushuntiring. 
 


48
II BOB. O‘ZBEKISTON SOLIQ TIZIMI ASOSLARI 
 

2.1. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga
umumiy tavsif 
Iqtisodiy adabiyotlarda yuridik va 
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlarning 
yig‘indisi soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlar tizimi, deb tushuniladi. Soliqlarni joriy qilishga faqat 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli.
16
Soliq kodeksining 23-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi 
hududida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi. 
Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar tarkibiga quyidagilar 
kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; 
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
4) aksiz solig‘i; 
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus 
to‘lovlar; 
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. 
Umumdavlat soliqlari har yili O‘zbekiston Republikasi 
Prezidentining qarorida belgilangan normativlar bo‘yicha tegishli 
mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi.
7) davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar: 
 yagona ijtimoiy to‘lov; 
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona 
ijtimoiy to‘lov belgilangan tartibga muvofiq davlat maqsadli 
jamg‘armalari (byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka 
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi) hamda O‘zbekiston Kasaba 
uyushmalari federatsiyasi Kengashi o‘rtasida taqsimlanadi. 
 fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 
sug‘urta badallari
 davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar; 
 Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar; 
16
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: «O‘zbekiston», 2017. 123-modda 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling